Davlat ro`yxatidan o`tkazmasdan, majburiy sertifikasiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo`llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro`yxatiga, Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan o`zgartirish kiritildi. Bu haqda “Dori-Darmon” AK Axborot xizmati xabar berdi.
Avvalgi ro`yxatga:
– Gripp vaksinasi (O`RVI),
– Koronavirus vaksinasi (COVID-19),
– Pnevmokokk vaksinasi,
– Bariya sulfat (Barii sulfas),
– Pankuroniya bromid / Pipekuroniya bromid / Atrakuriya besilat,
– Sefepim + tazobaktam,
– Nitrogliserin qo`shildi.
Shuningdek, ekspress test SARS-CoV-2 Antibody Test (Express-test) tibbiyot buyumi qo`shildi.