my5

Tibbiyot va farmasevtika oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida yangi o`qitish tizimi joriy etiladi

Jamiyat 26.09.2020, 15:58
Теглар: Tibbiyot va farmasevtika
584
Tibbiyot va farmasevtika oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida yangi o`qitish tizimi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot va farmasevtika oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida kredit-modul o`qitish tizimini joriy etish to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi

O`rta maxsus professional ta`lim muassasalari o`quvchilari, oliy ta`lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari, birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida tinglovchilari hamda klinik ordinator (rezident)lar bilimini nazorat qilish va baholashning kredit-modul tizimi o`quv jarayonining quyidagi shakllaridan iborat:

auditoriya mashg`ulotlari - ma`ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg`ulotlari, o`quv (klinik) amaliyoti;

auditoriyadan tashqari mashg`ulotlar - ilmiy kutubxonada ishlash, mustaqil ishlar, individual maslahatlar, klinik vazifalar, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi (loyihasi), bitiruv malakaviy ishi,ta`lim oluvchilar ilmiy anjumanlarda qatnashishi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va h.k.

Modullar quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

kredit birliklarini hisobga olgan holda o`quv rejadagi har bir moduli uchun dasturlar;

har bir modulning auditoriya ishi: ma`ruzalarning matn va prezentasiyalari, nazariy, amaliy, seminar va laboratoriya mashg`ulot rejalari, multimedia bilan ta`minlash, amaliy ko`nikmalarni va kompetensiyalarni o`zlashtirishi uchun jihoz va simulyatorlar (trenajyorlar);

ta`lim oluvchilarning mustaqil ishlashi: uy vazifasi uchun matnlar to`plami, har bir modul uchun o`z-o`zini nazorat qilish materiallari, referat va kurs ish (loyiha)lari mavzulari, elektron kutubxona, videoteka (video kutubxona), amaliy ko`nikmalar va kompetensiyalarni o`zlashtirishi uchun jihoz va simulyatorlar (trenajyorlar);

ta`lim oluvchilar bilimini nazorat qilish: testlar, har bir modul uchun nazorat savollari, jumladan, ob`ektiv tizimlashtirilgan klinik imtihon (OSCE), ob`ektiv tizimlashtirilgan imtihon (OSE) va boshqalar uchun topshiriqlar;

amaliyot o`tkazish: tashkilot (muassasa)lar bilan shartnomalar tuzish, o`quv va ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi (loyihasi), bitiruv malakaviy ishini o`tkazish rejalari va dasturlari, hisobot hujjatlari shakllari va boshqalar;

magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat yuritish: ilmiy–tadqiqot ishi, ilmiy amaliyot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash uchun mavzu va materiallar, hisobot hujjatlari shakllari va boshqalar.

O`quv rejasidagi barcha turdagi o`quv ishlarining yuklamalari kreditlar (kredit birliklari)da belgilanadi. 1 kredit (kredit birligi) ta`lim yo`nalishi, mutaxassislik xususiyatlarini inobatga olgan holda Sog`likni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi, kamida 30 va 36 gacha akademik soatga teng belgilanishi mumkin.

Dasturlarning yuklamalari quyidagilardan iborat:

o`rta maxsus professional ta`lim yo`nalishlarida kamida 60 kredit bir o`quv yili davomida ta`lim oluvchining to`liq yuklamasiga, kamida 30 kredit esa bir o`quv semestriga to`g`ri keladi;

bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida kamida 60 kredit bir o`quv yili davomida ta`lim oluvchining to`liq yuklamasiga, kamida 30 kredit esa bir o`quv semestriga to`g`ri keladi;

magistraturada kamida 72 kredit bir o`quv yili davomida ta`lim oluvchining to`liq yuklamasiga, kamida 36 kredit esa bir o`quv semestriga to`g`ri keladi;

klinik ordinatura (rezidentura) va birlamchi maqsadli ixtisoslashtirishda – kamida 72 kredit bir o`quv yili davomida ta`lim oluvchining to`liq yuklamasiga, kamida 36 kredit esa bir o`quv semestriga to`g`ri keladi.

Magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)da, birlamchi maqsadli ixtisoslashtirishda semestr yakuni bo`yicha attestasiya (yarim yillik, yillik) o`tkaziladi.

 

Шарҳлар