AsosiyJamiyat

OITS kasalligi bilan ro`yxatda turadigan shaxslarda koronavirus qanday kechadi?

'OITS kasalligi bilan ro`yxatda turadigan shaxslarda koronavirus qanday kechadi?'ning rasmi

OITS kasalligi bilan ro`yxatda turadigan shaxslarda koronavirus kasalligi qanday kechadi?     

Bu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva javob berdi:

- OIV infeksiyasi mavjud bo`lgan va kasallik rivojlanganlarda, shuningdek, past darajada CD4 genomi mavjud bo`lgan va virus yuklamasi yuqori bo`lganlarda, bundan tashqari antiretrovirus davo olmaydigan bemorlar kasalliklarning asoratlari va infeksiya yuqish yuqori xavf guruhiga kiradilar. 

Barcha OIV mavjud bo`lgan yoki nazorat qilish qiyin bo`lgan OIV bo`lganda qo`shimcha ehtiyot choralarini ko`rish lozim.

Hozirgi kunda OIV mavjud bo`lganlar va oddiy aholi orasida COVID-19 bilan zararlanish xavfi yoki uning asoratlari to`g`risida ishonchli farq ko`rsatilagan ma`lumotlar yo`q. 

OIV mavjud bo`lgan ba`zi bemorlarda COVID-19 asoratlarining ma`lum xavf omillari ya`ni, qandli diabet, gipertoniya va boshqa infeksion kasalliklar kuzatilishi mumkin. Shunga ko`ra, OITS bilan og`riganlarda COVID-19`ni og`ir kechishi xavfi yuqori bo`lishi mumkin.

 
  

Boshqa yangiliklar