«Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jezus bir oy muddatga safdan chiqdi, deya xabar qilmoqda ESPN. | |
Jezus 21 sentyabr kuni «Vulverhempton»ga (3:1) qarshi kechgan APL o`yinida jarohat olgandi. Hujumchi Braziliya terma jamoasining JCh—2022 saralash bosqichidan o`rin olgan Boliviya (9 oktyabr) va Peruga (13 oktyabr) qarshi o`yinlarida ishtirok etmaydi. Jezusning o`rniga «Herta» forvardi Mateus Kunya terma jamoaga jalb qilingan.
|
26.09.2020 18:28
Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jezus bir oyga safdan chiqishga majbur bo`ldi
