my5

Habib Nurmagomedov otasi vafot etganidan keyin qay tarzda tushkunlikdan chiqqani haqida gapirdi

Sport 26.09.2020, 20:09
593
Habib Nurmagomedov otasi vafot etganidan keyin qay tarzda tushkunlikdan chiqqani haqida gapirdi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov otasi vafot etganidan keyin qay tarzda depressiyadan chiqqani haqida gapirdi.

 

"Men doimiy ravishda mashg`ulot o`tkazaman, chunki bu tushkunlikni engishda yordam beradi. Mashg`ulotlar bo`lmasa, tushkunlikka tushib qolaman. Men butun hayotim davomida mashq qilib kelyapman. Yaxshi kayfiyatda bo`lishim uchun mashq qilishim lozim.

Otam ham shunday edi, u doimo mashq qilgan. Do`stlarining aytishicha, qaerga borsa ham, uning yonida doim sumka bo`lgan. Dastlab u uxlashga joy qidirgan, so`ngra mashq qilish uchun sport zal. Hammasi undan o`tgan.

Sportchi bo`lganim uchun mashq qilishim juda muhim. Rivojlanishni to`xtatsam, o`zim uchun juda yomon bo`ladi."

         Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

 

Шарҳлар