Joriy yilning 28 sentyabr kuni Mass-mediani rivojlantirish jamg`armasi EXHTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni munosabati bilan onlayn konferensiya o`tkazadi. Bu haqda jamg`armaning telegram kanalida xabar berildi.
Onlayn konferensiyada Mass-mediani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov hamda o`rinbosari Saida Mirziyoeva, BMT Bosh kotibining Global kommunikasiyalar bo`yicha o`rinbosari Melissa Fleming, EXHT Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Elchi Tuula Yuryola, Ulrika Funered, Shvesiyaning EXHTdagi elchisi va 2021 yildagi EXHT Doimiy Kengashi raisi va boshqalar ishtirok etadi va so`zga chiqishadi.
"Tadbirning maqsadi - inqiroz paytida fuqarolarning ma`lumotlarga bo`lgan huquqlari va aholining ma`lumot olish uchun konstitusiyaviy, qonunchilik va siyosiy kafolatlariga ega bo`lishining afzalliklariga e`tiborni jalb qilishdir" deyiladi xabarda.