AsosiyJamiyat

Buxoro shahridagi maktabning barcha bitiruvchilari talaba bo`ldi

'Buxoro shahridagi maktabning barcha bitiruvchilari talaba bo`ldi'ning rasmi

Buxoro shahridagi 38-umumta`lim maktabini 2019-2020 o`quv yilida 101 nafar o`quvchi tamomlagan. Bitiruvchilarning barchasi OTMda o`qish uchun hujjat topshirgan. Buxoro viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berishicha, 101 bitiruvchining bari talaba bo`lgan.

"Bu yutuqlarning tagzamirida avvalo, maktab o`qituvchilarining mashaqqatli mehnatlari mujassam. Nazira Ro`zieva, Gulnora Mustaqova, Dilnoza Hamroeva, Zebiniso Hasanova, Nargiza Raximova, Sabohat Bozorova, Oliya Saidova singari ilg`or tajribaga ega fidoyi, jonkuyar ustozlar yosh avlod avlod qalbida ilmu fan sirlarini o`rganishga yuksak  ishtiyoq uyg`otib, ularning jamiyatda o`z o`rinlarini topishlarida munosib ulush qo`shib kelishmoqda.

O`quvchilarimizning bu kabi yutuqlari, biz ustozlar uchun iftixor, ulkan baxt! Ayniqsa, bitiruvchilarimizning 100 foizlik natijaga erishgani ko`ksimizni tog`dek yuksaltirdi. Ularning 3 nafari: Firdavs Fattoev, Davlatbek Davlatov va Shaxzod Raximovlar muddatidan ilgari jahonning 20 dan ortiq eng nufuzli oliygohlariga talabalikka qabul qilingan edi. Quvonarli yana bir jihati shundaki, talabalik baxtiga musharraf bo`lgan bitiruvchilarimizning aksariyati yuqori ball to`plashga muvaffaq bo`lishgan", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar