AsosiyDunyo

Koronavirus asoratlari kuchayishining oldini oluvchi muhim vosita ma`lum qilindi

'Koronavirus asoratlari kuchayishining oldini oluvchi muhim vosita ma`lum qilindi'ning rasmi

Qonda D vitaminining normal darajasi yangi koronavirus infeksiyalari tufayli og`ir holatlar va o`limni sezilarli darajada kamaytiradi. Xuddi shunday xulosaga AQShning Boston universiteti Tibbiyot maktabi olimlari tomonidan kelindi.

Tadqiqotchilar 235 bemorning qon namunalarini o`rganishga va bunda D vitamini miqdoriga e`tibor qaratishgan.

Yakunda, qonida D vitamini etarli bo`lganlar "Covid-19" bilan kasallangan bemorlarda nojo`ya klinik natijalar xavfi — og`ir asoratlarning rivojlanishi yoki o`lim darajasi ancha pastligi ma`lum bo`lgan.

«Ushbu tadqiqot qonda D vitaminining etarliligi asoratlarni, shu jumladan, sitokin bo`ronlarini va oxir-oqibat "Covid-19"dan o`lim ehtimolini pasaytirishiga to`g`ridan-to`g`ri dalillarni keltirib chiqardi», deydi tadqiqot rahbari, doktor Maykl Xolik.

    Boshqa yangiliklar