my5

O`zbekiston Ozarboyjon va Armanistonni nizoni tinch yo`l bilan hal qilishga chaqirdi

Siyosat 27.09.2020, 23:04
546
O`zbekiston Ozarboyjon va Armanistonni nizoni tinch yo`l bilan hal qilishga chaqirdi

Ozarbayjon va Armaniston o`rtasidagi ziddiyat bo`yicha O`zbekiston o`z rasmiy munosabatini bildirdi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida e`lon qilingan bayonotda Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi o`rtasidagi munosabatlarda keskinlik yuzaga kelganidan O`zbekiston xavotirda ekanligi ma`lum qilingan.

«Qarama-qarshiliklar jarayonida harbiy kuchlardan foydalanish ikkala tomondan ham ko`p sonli insonlarning halok bo`lishiga olib kelishi mumkin.

O`zbekiston tomoni, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining rahbari sifatida, yana bir bor do`stlik aloqalarini o`rnatish, ahil qo`shnichilik, o`zaro ishonch hamda MDH doirasida bahsli masalalarni xalqaro huquq normalariga qat`iy amal qilgan holda tinch yo`l bilan hal etishga chaqirib qoladi.

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasini jangovor harakatlarni zudlik bilan to`xtatish va diplomatik muzokaralarni boshlashga chaqirib qolamiz», - deyiladi O`zbekiston bayonotida.

Шарҳлар