SSV ma`lum qilishicha, Shu yilning 27 sentyabr kuni mamlakatimizda 448 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 459 nafarga etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Farg`ona, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida 507 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 55 401 nafar bemordan 51 965 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 977 nafar bemordan 725 nafari og`ir, 299 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.







