my5

"Qashqadaryoda voyaga etmagan qiz o`z otasi tomonidan zo`rlandi". Rasmiylar xonadonda bo`lishdi, vaziyat o`rganildi

Jamiyat 28.09.2020, 09:48
8416
"Qashqadaryoda voyaga etmagan qiz o`z otasi tomonidan zo`rlandi". Rasmiylar xonadonda bo`lishdi, vaziyat o`rganildi

Qashqadaryoda voyaga etmagan qiz o`z otasi tomonidan muntazam tarzda jinsiy zo`rlab kelingani aniqlandi. Bu voqea Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida ro`y berdi, deya yozdi "Jahon.uz".

Keltirilishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida “Arabxona” MFYda yashab kelgan, to`rt farzandning otasi bo`lgan 40 yoshli S.A. o`z qizini zo`rlab kelgani sababli ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Unga nisbatan yurituvga olingan 1-1809-2005/104 sonli jinoyat ishida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari bilan ayblov e`lon qilingan.

Jinoyat ishida keltirilishcha, S.A. o`z pushti kamaridan bo`lgan voyaga etmagan qizini, o`n sakkiz yoshga to`lmaganligini bila turib unga nisbatan zo`rlik ishlatib, o`ldirish bilan qo`rqitib, uning nomusiga tekkan.

“Otajon teginmang” - deb qarshilik ko`rsatishiga qaramasdan unga zo`rlik ishlatib, qizi baqirmasligi uchun yostiqni uning yuziga bosib zo`rlashga erishgan.

Yana bir holatda, - “Agar joyingdan tursang pichoqni tiqib olaman”- deb uni o`ldirish bilan qo`rqitib, keyin uni joyiga qayta yotqizib olib, jinsiy ehtiyojini qondirib, takroran o`zining voyaga etmagan qizini nomusiga tekkan.  

Munatazam tarzda o`z padari tomonidan jinsiy zo`ravonlik qurboni bo`lib kelgan qiz sog`lig`i yomonlashganligi sababli, Koson tumani tug`ruq kompleksining Ginekologiya bo`limiga yotqizilgan.

O`z o`rnida qiz otasining bunday badbaxtligiga javob qaytarishga uringan, afsuski bir safar otasining yuziga shapaloq urganda, otasi biror kishiga bu haqda aytsa o`zi sharmanda bo`lishini, onasi bilib qolsa uni yoqib yuborishini aytib qo`rqitib kelgan, deyiladi voqea yuzasidan berilgan xabarda.

Ayni paytda  Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas`ullari qizning xonadonida bo`lishgani haqida xabar berdi.

Xonadon egalari bilan muloqot qilib, voqeaning tub mohiyatini o`rganishdi.

Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, voyaga etmagan qiz otasi tomonidan zo`rlanmaganligi aniqlangan.

Agentlik vakillari qizga yaqindan yordam berish maqsadida uni “Yoshlar daftari” bo`yicha ro`yxatga tushirib, ish bilan ta`minlanishiga amaliy yordam ko`rsatishini, imkoniyati cheklanganini hisobga olgan holda yashash joyini ta`mirlash maqsadida moliyaviy yordam berishni, psixologik trening hamda Agentlik tomonidan tashkil etilgan Qarshi shahridagi “Diplomat” o`quv markazida bepul ta`lim olish takliflarini berishgan.

 

Шарҳлар