my5

O`zbekistonda bu hafta ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Jamiyat 28.09.2020, 13:44
1580
O`zbekistonda bu hafta ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Bugun O`zbekiston hududida kam bulutli va nisbatan iliq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat shu kun iqlimiy me`yorlaridan biroz past bo`lib, 20-25 darajagacha ko`tariladi.

29-30 sentyabrda butun O`zbekiston hududi balandlikdagi siklon ta`sirida bo`ladi. Respublika bo`yicha bulutlilik ortishi kutilmoqda.

29 sentyabrda ko`pchilik viloyatlarda ayrim joylarga yomg`ir yog`adi. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm va Buxoro viloyatlarida yog`ingarchilik bo`lmaydi.

30 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg`ona voydiysi viloyatlarida yomg`ir yog`adi. Baland tog`li hududlarda yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

29-30 sentyabrda kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me`yordan 6-8 darajaga pastdir.

1-3 oktyabrda butun mamlakatimiz hududida ob-havoning yog`ingarchiliksiz bo`lishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Tunda va ertalab sovuq havo oqimining ta`siri hali saqlanib turadi, harorat 5-8 darajagacha pasayadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta isitib, harorat 22-25 darajagacha ko`tariladi.

Шарҳлар