AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 8 ta hududida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning 8 ta hududida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 29 sentyabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 18-20° bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° bo`ladi.

 

BUXORO VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

 

NAVOIY VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

 

TOShKENT, SIRDARYo, SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

 

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo`ladi.  

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, tog` oldi va tog` hududlarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar