my5

Turkiyaning qiruvchi samolyoti Armaniston samolyotini urib tushirdi

Dunyo 29.09.2020, 19:40
1674
Turkiyaning qiruvchi samolyoti Armaniston samolyotini urib tushirdi

Armaniston mudofaa vazirligi Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti Armanistonning Su-25 samolyotini urib tushirganligini ma`lum qildi, deya yozdi geosiyosat kanali. Turkiya tomonidan urib tushirilgan Armanistonning Su-25 samolyotining uchuvchisi vafot etgan.

Armaniston mudofaa vazirligi shuningdek, Turkiya samolyoti Armanistonning havo hududida Armaniston samolyotini urib tushirganligi haqida xabar bermoqda.

ma`lumotlarga ko`ra, Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (ODKB)ga murojaat qilishi mumkin, masala muhokama qilinmoqda.

Turkiya Armaniston samolyotini urib tushirilganini rad etmoqda.

Шарҳлар