my5

Surxondaryoda 3 nafar ayol tilla do`konini o`mardi

Jinoyat 30.09.2020, 08:51
759
Surxondaryoda 3 nafar ayol tilla do`konini o`mardi

2020 yilning 20 sentyabr kuni soat 14:30 da noma`lum shaxslar Denov shahrida bo`lgan “Denov-bobodexqon” bozorida joylashgan 39 yoshli F.S., ga (ayol) tegishli zargarlik do`konining savdo rastasida turgan umumiy bahosi 30.000 AQSh dollari bo`lgan har xil turdagi qimmatbaho ayollar taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Hodisa sodir bo`lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko`zdan kechirilib, savdo do`koniga kirish yo`lagida o`rnatilgan kuzatuv kamerasi yozuvlari tekshirib ko`rilganida, o`g`irlik sodir bo`lgan vaqtda savdo do`konidan uch nafar ayol bir vaqtda chiqib ketganligi va ulardan birining qo`lida kiyimga o`ralgan narsa borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 19 yoshli X.D., 28 N.Sh. va 52 yoshli O.R. lar (barchasi ayollar) sodir etganliklari aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan taqinchoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat sodir etgan shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Tilla taqinchoqlar egasiga to`liq qaytarib berilgan. X,ozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda. 

 

Шарҳлар