my5
Sevimli

Qoraqalpog`istonda yana bir Raqamli texnologiyalar o`quv markazi ochildi

Hi-tech 04.10.2020, 20:53
Qoraqalpog`istonda yana bir Raqamli texnologiyalar o`quv markazi ochildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo`nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanishlari uchun respublika miqyosida Raqamli texnologiyalar o`quv markazlari tashkil etilmoqda.

5 tashabbusni amaliyotga joriy etish jarayonida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o`yinlari va kibersportni ommalashtirish va bu sohada mutaxassislarni tayyorlashga katta e`tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha Qoraqalpog`iston Respublikasinning Amudaryo tumanida Raqamli texnologiyalar o`quv markazi ochildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Amudaryo tumanidagi markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o`rinbosari Q. Yuldashev ishtirok etgan.

Mazkur markaz zamonaviy kompyuter texnika bilan jihozlangan bo`lib, unda tuman yoshlarni raqamli texnologiyalari, zamonaviy kompyuter texnologiyalari, elektron tijorat, dasturlash, robototexnika asoslarini o`rgatish bo`yicha kurslar tashkillashtirish va o`qitish ko`zda tutilgan.

Amudaryo tumanida tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o`quv markazidagi kurslarda tumanda joylashgan barcha maktablarda 5-11 sinflarda ta`lim olayotgan 17 mingdan ortiq o`quvchilarni, shuningdek uyushmagan yoshlarni jalb qilish hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning AKT sohasidagi bilim saviyasini oshirish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, «One Million Uzbek coders» yirik loyiha bo`yicha tuman yoshlarni jalb qilish ishlar ham amalga oshiriladi. Bugungi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasi buyicha «One Million Uzbek coders» platformasida 1900 dan ziyod yosh yigit-qizlar ro`yxatdan o`tdi. Amudaryo tumanida esa «One Million Uzbek coders» platformasida 132 ta yoshlar ro`yxatdan o`tib, 30 tasi muvaffaqiyatli ravishda kurslarni tamomladi va sertifikatlarga ega bo`lishdi.

Ma`lumot uchun, hozirgi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasida Nukus shahri, Mo`ynoq, Beruniy, Qonliko`l hamda Ellikqa`la tumanida raqamli texnologiyalar o`quv markazlari tashkil etilib faoliyat ko`rsatmoqda.

Шарҳлар