O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qirg`iziston Respublikasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi. “Qirg`iziston Respublikasida yuzaga kelgan keskin vaziyat va voqealar rivoji O`zbekiston Respublikasida jiddiy tashvish uyg`otmoqda. O`zbekiston yaqin qo`shni va strategik sherik sifatida qardosh Qirg`izistondagi vaziyatning mamlakat Konstitusiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez orada barqarorlashuviga umid qiladi. O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashga qat`iy sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Qirg`izistonning barqarorligi va mustahkam rivojlanishi butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va farovonligining muhim omili hisoblanadi. Hozirgi murakkab vaziyatda biz O`zbekistonda ko`p asrlik tarixiy va qarindoshlik rishtalari, umumiy madaniy hamda ma`naviy qadriyatlar bilan mustahkam bog`langan birodar Qirg`iziston xalqiga har tomonlama ko`mak ko`rsatishga tayyormiz”, - deyiladi bayonotda. |
09.12.2020, 22:22
Joriy yilning 8 dekabr kuni Farg`ona shahrida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi...20.11.2020, 22:36
2020 yilning 19 noyabr kuni Vashington shahrida O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi.Uchrashuvda ikki...04.11.2020, 19:39
Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbaev boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan O`zbekistonga keladi.2020 yilning 5-6 noyabr kunlari kunlari Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbaev boshchiligidagi...10.10.2020, 23:10
Qirg`izistonning yangi tayinlangan bosh vaziri – Sadir Japarov, ehtimol, Qirg`iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi mumkin, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg`iziston nashri.Japarov matbuot-anjumanida Rossiya Qirg`izistonning...