Sevimli

Bog`chada koronavirus yuqtirgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni davolash tartibi qanday?

Jamiyat 07.10.2020, 21:56
Теглар: bog`cha, koronavirus
Bog`chada koronavirus yuqtirgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni davolash tartibi qanday?

Bog`chada koronavirus yuqtirgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni davolash tartibi bormi? Muolaja sarf-xarajatlari kim tomonidan qoplanadi?  

Bu savolga Maktabgacha ta`lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo`jaeva javob berdi.

 Bitta guruh tarbiyalanuvchisida kasallanish tasdiqlanganda ta`lim tashkilotining faoliyati to`xtatilmaydi.

 Barcha muloqotda bo`lganlar ro`yxatga olinadi, guruh tarbiyalanuvchilari 14 kunga masofaviy o`qitish tizimiga o`tkaziladi va yashash manzili bo`yicha oilaviy poliklinikalar tomonidan nazoratga olinadi. 

 14 kunlik karantin muddati tugagandan so`ng, klinik belgilar kuzatilmagan tarbiyalanuvchilar umumiy tibbiy ko`rikdan o`tadi va an`anaviy usulda o`qishni xohlovchilarga maktabgacha ta`lim muassasasiga qatnashishiga hududiy shifokor tomonidan ruxsat beriladi.

 Bir nafar tarbiyachida kasallik aniqlanganda MTTning faoliyati epidemiologik o`rganishda muloqotda bo`lganlarning soni va kasallanish tarqalishini xavfini baholashdan kelib chiqib, qaror qabul qilinadi. 

 Ikki va undan ortiq tarbiyachida kasallik tasdiqlanganda ta`lim tashkilotning faoliyati hududiy Sanepidemxizmat qarori bilan 14 kun muddatga to`xtatiladi.

Tashkilotda Sanepidxizmatning tavsiyasiga muvofiq mukammal tozalov va dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. 

Шарҳлар

Moskvada bolalar o`rtasida koronavirus yuqtirish holatlari oshgani ma`lum qilindi

27.01.2022, 01:11

Rossiya sog`liqni saqlash boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, Moskvada bolalar o`rtasida koronavirus yuqtirish holatlari oshgan. Bu haqda TASS xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha, ikki hafta ichida kasallanganlar soni...
Daniya keyingi haftadan boshlab koronavirusga qarshi cheklovlarini bekor qilmoqchi

27.01.2022, 00:40

Daniya Sog`liqni saqlash vazirligi kelasi haftadan boshlab COVID-19 ga qarshi kurash doirasida qolgan barcha cheklovlarni bekor qilishni taklif qildi, deya xabar beradi The Guardian nashri. Mamlakat...
Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 350 milliondan oshdi

24.01.2022, 19:54

Dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 351 mln 069 733 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bermoqda.Pandemiya boshlanganidan buyon 5 mln 596 mingdan ortiq kishi...
Yangi Zelandiya bosh vazirining to`yi karantin sabab boshqa muddatga qoldirildi

24.01.2022, 00:34

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi karantin cheklovlari joriy etilishiga bag`ishlangan matbuot anjumanida o`zining to`yi bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda Sky News...