Sevimli

Olimlar koronavirusning odam terisida qancha yashashini isbotlashdi

Jamiyat 07.10.2020, 23:29
Теглар: koronavirus
Olimlar koronavirusning odam terisida qancha yashashini isbotlashdi

Koronavirus odam terisida gripp virusiga qaraganda besh baravar uzoqroq faolligini saqlab qoladi, deb yozadi «Clinical Infectious Diseases» jurnali.

Kioto prefekturasi universiteti olimlari tomonidan yaratilgan model odam terisida patogenlarni xavfsiz klinik sinovdan o`tkazish imkonini beradi. Tadqiqotchilar yuqori nafas yo`llari shilliq qavati yoki madaniy muhit bilan aralashgan SARS-CoV-2 va A grippi virusi (IAV) barqarorligini taqqoslab ko`rishdi.

Ma`lum bo`lishicha, ikkala virus ham temir, shisha yoki plastikdan ko`ra terida tezroq faolligini yo`qotarkan. Odam terisida SARS-CoV-2 virusi (koronavirus) — o`rtacha 9,04 soat, IAV virusi esa 1,82 soatgacha faolligini saqlab qoladi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, dezinfeksiya odam terisidagi ikkala virus zarralarini ham bir xil bartaraf etishini isbotlashdi.

Шарҳлар

Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 350 milliondan oshdi

24.01.2022, 19:54

Dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 351 mln 069 733 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bermoqda.Pandemiya boshlanganidan buyon 5 mln 596 mingdan ortiq kishi...
Yangi Zelandiya bosh vazirining to`yi karantin sabab boshqa muddatga qoldirildi

24.01.2022, 00:34

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi karantin cheklovlari joriy etilishiga bag`ishlangan matbuot anjumanida o`zining to`yi bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda Sky News...
Pekinda Qishki olimpiada oldidan koronavirus bilan bog`liq holatlar soni oshmoqda

24.01.2022, 00:05

Xitoy poytaxti Pekinning bir nechta tumanlarida  o`nlab infeksiya holatlari aniqlanganidan keyin  ommaviy tekshiruvdan o`tmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Fentay hududida yashovchi odamlarga shaharni tark...
Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

22.01.2022, 19:23

Buyuk Britaniyada 27-yanvardan boshlab yopiq joylarda va transportda niqob taqish majburiy bo`lmaydi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha,  ommaviy tadbirlar va tungi klublarda qatnashish uchun...