Sevimli

Trampni koronavirusdan davolash qanchaga tushgani aniqlandi

Dunyo 08.10.2020, 23:33
Теглар: Donald Tramp, koronavirus
Trampni koronavirusdan davolash qanchaga tushgani aniqlandi

AQSh prezidenti Donald Trampni COVID-19’dan davolanish narxi 100 ming dollardan oshishi mumkin, deb ma`lum qildi “RBK”ning The New York Times bo`yicha ma`lumotiga tayanib Daryo.

Ushbu summaga Uolter Rid nomidagi milliy harbiy tibbiyot markazidagi uch kunlik davolanish, vertolyotda ikki marta uchish, ko`p sonli koronavirusga testlar, kislorod, steroidlar va antijismlar aralashmasini kiritish yo`li bilan tajribali davolash kursi kiritildi. NYT’ning yozishicha, xarajatlarning katta qismini gospitalda bo`lish emas, uning tashqarisida ko`rsatiladigan xizmatlar, masalan, vertolyotda parvozlar va virusga test olish tashkil qiladi.

Nashrning eslatishicha, Tramp qabul qilgan «Remdesivir» preparati bilan davolash kursi xususiy sug`urta kompaniyalari tomonidan to`langanda 3120 dollar, Medicare va Medicaid kabi davlat dasturlari doirasida to`langanda 2340 dollar turadi. Shuningdek, FAIR Health hisob-kitoblariga ko`ra, 60 dan oshgan katta yoshdagi bemorning kasalxonada yotishi o`rtacha 61 912 dollarga tushadi. Vertolyotda kasalxonaga olib kelish taxminan 38 770 dollarni tashkil qiladi.

Gazetaning aniqlik kiritishicha, prezidentni davolash xarajatlarini hukumat qoplaydi. Shu bilan birga, hatto tibbiy sug`urtaga ega amerikaliklar ham COVID-19’dan davolanishda katta xarajatlarga duch keladi.

Шарҳлар

Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

22.01.2022, 19:23

Buyuk Britaniyada 27-yanvardan boshlab yopiq joylarda va transportda niqob taqish majburiy bo`lmaydi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha,  ommaviy tadbirlar va tungi klublarda qatnashish uchun...
Italiyada vaksina olmagan shifokorlar ishdan chetlashtirilmoqda

22.01.2022, 09:50

Italiyada qariyb 2000ga yaqin shifokorlar koronavirusga qarshi emlanmagani uchun ishdan chetlashtirildi. Bu haqda EFE Tibbiyot boshqarish milliy federasiyasi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 1972 nafar shifokor ishdan...
Yaponiyada koronavirusga qarshi karantin cheklovlari o`rnatilmoqda

22.01.2022, 09:25

Yaponiyada koronavirusning yangi "omikron" shtammi tarqalishi va kasallik soni ortishi oqibatida Tokioda karantin cheklovlari o`rnatilmoqda. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.Qayd etilishicha, shahardagi restoran va barlar...
Fransiyada karantin cheklovlari bekor qilinadi

22.01.2022, 00:15

Fransiya hukumati qaroriga ko`ra, 2 fevraldan boshlab ko`chalarda majburiy niqoblar talabini bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yan Kasteks ma`lum qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarni haftasiga...