Sevimli

Koronavirusning yangi belgilari topildi

Jamiyat 10.10.2020, 19:27
Теглар: koronavirus
Koronavirusning yangi belgilari topildi

Buyuk Britaniya sog`liqni saqlash vazirligi test markazlari ishini yanada qiyinlashtirmaslik uchun yangi simptomlarni COVID-19 indikatorlari ro`yxatiga kiritib o`tirmadi.

Mushaklardagi og`riq, kuchli holsizlik va tovondagi pufakchalar koronavirus bilan infeksiyalanganlikdan darak berishi mumkin. Bu haqda Daily Mail britaniyalik olimlarning Favqulodda holatlar bo`yicha ilmiy maslahatlashuv guruhi uchun tayyorlangan dokladiga tayangan holda xabar bermoqda.

Mutaxassislar ta`kidiga ko`ra, virus alomatlari turlicha namoyon bo`lishi mumkin, bu virusga chalinganlar yoshi va organizm xususiyatiga bog`liq bo`ladi.

Buyuk Britaniya sog`liqni saqlash vazirligi test markazlari ishini yanada qiyinlashtirmaslik uchun yangi simptomlarni COVID-19 indikatorlari ro`yxatiga kiritib o`tirmadi.

Hozirda mamlakatda kasallikning rasman tan olingan uchta belgisi mavjud: bu yuqori temperatura, davomli yo`tal va ta`m sezish qobiliyatining o`zgarishi yoki yo`qolishi.

Britaniyada pandemiya boshlanganidan buyon 570 mingta koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan, 42 mingdan ziyod odam vafot etdi.

 
  

Шарҳлар

Moskvada bolalar o`rtasida koronavirus yuqtirish holatlari oshgani ma`lum qilindi

27.01.2022, 01:11

Rossiya sog`liqni saqlash boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, Moskvada bolalar o`rtasida koronavirus yuqtirish holatlari oshgan. Bu haqda TASS xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha, ikki hafta ichida kasallanganlar soni...
Daniya keyingi haftadan boshlab koronavirusga qarshi cheklovlarini bekor qilmoqchi

27.01.2022, 00:40

Daniya Sog`liqni saqlash vazirligi kelasi haftadan boshlab COVID-19 ga qarshi kurash doirasida qolgan barcha cheklovlarni bekor qilishni taklif qildi, deya xabar beradi The Guardian nashri. Mamlakat...
Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 350 milliondan oshdi

24.01.2022, 19:54

Dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 351 mln 069 733 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bermoqda.Pandemiya boshlanganidan buyon 5 mln 596 mingdan ortiq kishi...
Yangi Zelandiya bosh vazirining to`yi karantin sabab boshqa muddatga qoldirildi

24.01.2022, 00:34

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi karantin cheklovlari joriy etilishiga bag`ishlangan matbuot anjumanida o`zining to`yi bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda Sky News...