Sevimli

Covid-19 jamlanmada nega niqob va nam salfetka yo`q?

Jamiyat 10.10.2020, 22:31
Теглар: koronavirus
Covid-19 jamlanmada nega niqob va nam salfetka yo`q?

AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Odilova savollarga javob berdi.

Covid-19`ga chalingan bemorlarga ajratiladigan dorilar to`plami orasida vitamin D, nam salfetka, tibbiy niqoblar yo`q. Bu holatni kimdir nazorat qiladimi?

“O`rnatilgan tartibga muvofiq koronavirus kasalligiga chalingan va gumon qilingan fuqarolar kasallikning kechishiga qarab ambulator sharoitda o`z uylarida, saralash-taqsimlash markazlarida va maxsus shifoxonada davolanishlari mumkin.

Bemorlarni dori-darmon bilan ta`minlashni yaxshilash maqsadida ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlarga kasallik tasdiqlangan yoki tasdiqlanmagan bo`lsada barcha belgilari mavjud bo`lsa, ya`ni gumon qilinganlarga kovid jamlanmalari, muloqotdagilarga gidroksixloroxin tabletkalari ambulator-poliklinika muassasalari tomonidan berilmoqda.

Bundan tashqari, mahalliy hokimliklar va homiylar tomonidan ham turli vitamin va mineral komplekslar aholiga bepul etkazib berilmoqda. COVID jamlanmada vitamin D va nam salfetka bo`lishi ko`zda tutilmagan”, – deydi Odilova.

Шарҳлар

Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

22.01.2022, 19:23

Buyuk Britaniyada 27-yanvardan boshlab yopiq joylarda va transportda niqob taqish majburiy bo`lmaydi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha,  ommaviy tadbirlar va tungi klublarda qatnashish uchun...
Italiyada vaksina olmagan shifokorlar ishdan chetlashtirilmoqda

22.01.2022, 09:50

Italiyada qariyb 2000ga yaqin shifokorlar koronavirusga qarshi emlanmagani uchun ishdan chetlashtirildi. Bu haqda EFE Tibbiyot boshqarish milliy federasiyasi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 1972 nafar shifokor ishdan...
Yaponiyada koronavirusga qarshi karantin cheklovlari o`rnatilmoqda

22.01.2022, 09:25

Yaponiyada koronavirusning yangi "omikron" shtammi tarqalishi va kasallik soni ortishi oqibatida Tokioda karantin cheklovlari o`rnatilmoqda. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.Qayd etilishicha, shahardagi restoran va barlar...
Fransiyada karantin cheklovlari bekor qilinadi

22.01.2022, 00:15

Fransiya hukumati qaroriga ko`ra, 2 fevraldan boshlab ko`chalarda majburiy niqoblar talabini bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yan Kasteks ma`lum qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarni haftasiga...