Turkiyaning Sabah nashri sog`lom organizmni yo`q qiladigan 8ta mahsulotlar nomini ma`lum qildi. Zararliligi bo`yicha birinchi o`rinda – shakar. U teri, tanadagi lipidlar va oqsillarga zarar etkazishi mumkin. Qovurilgan yog`li ovqatlar, fastfud, margarin, shuningdek konservalar – ularning tarkibida trans yog`lar mavjud bo`lib, ular qon tomirlariga zarba beradi, qon aylanishini sekinlashtiradi va yurak xastaligi xavfini oshiradi. Qovurilgan kartoshka teri hujayralariga ham zarar etkazishi mumkin. Achchiq ovqatlar ham inson qon aylanish tizimiga ta`sir qiladi – qon tomirlarini kengaytiradi, bu esa yoshga bog`liq o`zgarishlarga olib keladi Nashr yozishicha, ko`mirda pishirilgan go`shtni iste`mol qilish qarishni tezlashtiradi. |
12.10.2020 20:22
Turkiyada zararli mahsulotlar ro`yxati ma`lum qilindi
