my5

JSST koronavirusga qarshi yagona samarali vositani e`lon qildi

Jamiyat 17.10.2020, 19:27
Теглар: koronavirus, JSST
1748
JSST koronavirusga qarshi yagona samarali vositani e`lon qildi

 JSST koronavirusga qarshi yagona samarali vositani e`lon qildi. Bu haqda "Koronavirus Info" xabar berdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesusning so`zlariga ko`ra, hozircha faqat deksametazon COVID-19ning og`ir shaklida o`z samaradorligini ko`rsatmoqda.

JSST bosh direktori dorilar samaradorligini keng qamrovli o`rganish natijasida tashkilot gidroksixloroxinni sinashni to`xtatish zarur degan xulosaga kelganini eslatib qo`ydi. Keyin esa bemorlar endi lopinavir va ritonavir olmasligini ma`lum qildi.

«Mazkur tadqiqotning oraliq natijalari endi shuni ko`rsatmoqdaki, boshqa ikkita vosita — remdesivir va interferon — shifoxonada bo`lish vaqtini kamaytirish yoki o`limni bartaraf etishda kam samara bermoqda», — dedi Gebreyesus.

Шарҳлар

Putin koronavirusga qarshi keng ko`lamli vaksinasiyani boshlashni buyurdi

03.12.2020, 18:20

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat vakillari bilan o`tkazilan videokonferens yig`ilishda shifokorlar va o`qituvchilar uchun kelasi hafta boshlanishi bilan keng miqyosli koronavirusga qarshi emlashni boshlash rejasini...
JSST koronavirusdan antibiotiklar bilan davolanmaslikni tavsiya qilmoqda

23.11.2020, 00:39

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishicha, Evropada ushbu preparatlardan noto`g`ri foydalanish kasallikning antibiotiklarga chidamlilik xavfini oshirishi mumkin. Bu haqda Dori-darmon AK matbuot xizmati xabar berdi."Antibiotiklar kasallikni...
JSST koronavirus va grippning farqlari haqida ma`lumot berdi

12.11.2020, 11:50

Yangi koronavirusning grippdan asosiy farqlari bu ta`m va hid sezish qobiliyatining yo`qolishi hamda nafas qisishi hisoblanadi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xabar bergan. JSST gripp va yangi...
Angliya koronavirus oqibatida o`lim holatlari 50 ming nafardan oshgan 5-davlatga aylandi

12.11.2020, 11:03

Chorshanba kuni xabar qilingan so`nggi statistikaga binoan, Buyuk Britaniya koronavirus bilan bog`liq 50000 dan ortiq o`lim xolati qayd etilgan dunyodagi beshinchi mamlakatga aylandi, deya xabar...