my5

“Bugundan boshlab GPS Operatorlari ish uslublarini o`zgartirishlari lozim” – "Toshshahartransxizmat" AJ

Hi-tech 18.10.2020, 18:38
321
“Bugundan boshlab GPS Operatorlari ish uslublarini o`zgartirishlari lozim” – "Toshshahartransxizmat" AJ

“Toshshahartransxizmat” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari A.Abdullaev ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati ma`lum qildi.

Rais o`rinbosari jamiyatning masofadan turib monitoring qilish tizimida uzilishlar yoki mazkur tizimda xatoliklar ko`payayotganganligini ta`kidladi.

Buning asosiy omili sifatida, Avtobuslarga o`rnatilgan GPS trekerlar to`liq ishlamasligi yoki bo`lmasam haydovchilar tomonidan yo`nalishga chiqish jarayonida GPS trekerlarga jismoniy zarar etkazish kuzatilayotganligini keskin tanqid qildi.

Bunday holatlarni oldini olish va yo`lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, har bir Avtobus saroyi kesimida, GPS operatorlar tomonidan, har bir avtobusni yo`nalishga chiqarishdan oldin diagnostika qilib chiqarish, shuningdek, har bir Operator har kuni yo`nalishga chiqqan holda, GPS trekerga jismoniy zarar etkazgan haydovchilarni aniqlab, ularga nisbatan keskin chora ko`rish bo`yicha Jamiyat rahbariga taklif kiritish zarurligini bildirib o`tdi, Bu borada, GPS operatori tomonidan ishlar judayam sust olib borilayotganligi tanqid qildi.

Bugundan boshlab, barcha Operatorlar yo`nalishda tekshiruvga jalb qilinishini qayd etdi.

Shu bilan birga, tekshiruv jarayonida, yo`nalishda yurgan avtobuslarni GPS trekerga jismoniy zarar etkazilgan holati yoki uning antenna moslamasi uzilganlik holati aniqlanganda, shu erning o`zida dalolatnoma tuzib, ushbu haydovchi nisbatan keskin chora ko`rish bo`yicha Jamiyat rahbariga Bildirishnoma rasmiylashtirib, haydovchini esa, Avtobusni Shoh bekatiga etgandan so`ng, yo`nalishdan echish chorasini ko`rish va uning o`rniga boshqa haydovchini jalb qilish zarurligini bildirib o`tdi, deyiladi xabarda. 

Albatta, barcha fuqarolar qatori biz ham tizimdagi o`zgarishlarning samarasini kutib qolamiz. Foto:

Шарҳлар