my5

Dunyoning eng boy odami koronavirus haqida nima dedi?

Dunyo 19.10.2020, 10:23
1066
Dunyoning eng boy odami koronavirus haqida nima dedi?

"Microsoft" asoschisi Bill Geyts dunyoning eng badavlat odamlaridan biri. U pandemiya tarqalgandan beri bu o`latni bartaraf etish haqida qayg`urib keladi. Jumladan, Geyts koronavirusga davo bo`luvchi muqarrar vaksina uchun mablag` ajratishga ham tayyor.  Bu haqda Platforma yozmoqda. 

U kuz kelib,  infeksiyalar mavsumi boshlangach, kuzda vaziyat yozdagidan ham  yomon bo`lishini bashorat qildi. "Microsoft" asoschisining so`zlariga ko`ra, kasallanish ko`rsatkichlari hozirdanoq o`sib bormoqda, sovuq kunlar boshlanishi bilan odamlar vaqtini yopiq xonalarda o`tkazishadi, bu holat kasallanish soni ortishiga olib kelishi aniq.  

Zarnevs saytining yozishicha, dunyoning eng boy kishisi vaksina paydo bo`lguniga qadar odamlarda virusga qarshi kurash olib borishning yagona yo`li borligini va bu yo`l o`z xatti-harakatlarini nazorat qilish ekanligini ta`kidladi.  

Eslatib o`tamiz,  bir muddat oldin, Bill Geyts koronavirus pandemiyasi kamida 2022 yilga qadar davom etishi haqida aytgan edi.

 

Шарҳлар