«Oydin hayot LIVE» dasturida shifokor-valeolog Baxtiniso Azimboeva aynan shu mavzudagi savolga javob berdi:
– B6 vitamini organizmda moddalar almashinuvida ishtirok etadigan vitaminlardan biri hisoblanadi.
–Kalsiy, magniy moddasida ham ushbu vitamin bor.
V6 vitamini tanada antitana va qizil qon hujayralari, shuningdek, organizmda oqsil ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.
Koronavirus va boshqa virusli kasalliklardan tuzalgan bemorlarda antitanalar ishlab chiqarish jarayoninini aynan shu piridoksin boshqaradi.
Homilador ayollarga va anemiyada ham ushbu vitamin tavsiya etiladi. Chunki bu darmondori qizil qon hujayralarini qisqa muddatda ishlab chiqarishga qo`maklashadi.