AsosiyJamiyat

O`zbekistonga sovuq va nam havo massasi kirib kelmoqda

'O`zbekistonga sovuq va nam havo massasi kirib kelmoqda'ning rasmi

"O`zgidromet" xabar berishicha 21 oktyabr kuni respublikaning shimoliy hududlari G`arbiy Qozog`iston orqali Volga bo`yi ustidan vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi.

Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida bulutlar ko`payadi, kechqurun esa shamolning tezligi 15-20 m/s gacha esib, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.  

22-23-oktyabr kunlari salqin havo butun O`zbekiston hududiga tarqaladi. Respublikaning barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, tog`oldi va tog`li hududlarda ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi, baland-baland joylarda esa yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning ayrim viloyatlarida shamolning tezligi 15-20 m/s ga etishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va kechasi 3-8 daraja iliqni, shimolda 0-3 darajagacha sovuq va kunduzi 13-18 darajani issiqni hosil qiladi, bu esa shu kunlar uchun harorat me`yorlaridan 3-5 darajaga past bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar