my5

Shavkat Mirziyoev AQSh delegasiyasini qabul qildi

Siyosat 20.10.2020, 19:24
330
Shavkat Mirziyoev AQSh delegasiyasini qabul qildi

Bugun, 20 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Amerika Qo`shma Shtatlari Qurolli kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Suhbat chog`ida O`zbekiston-AQSh munosabatlari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.  Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar hamda global xatarlarga qarshi kurashish mavzulariga alohida e`tibor qaratildi.

Afg`onistonda tinchlik jarayonini qo`llab-quvvatlash hamda ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga amaliy ko`mak ko`rsatish yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham ko`rib chiqildi.

General Makkenzi O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirib, AQSh mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, keng ko`lamli hamkorlikni kengaytirish borasida qat`iy ekanini ta`kidladi.

 

 

Шарҳлар