Sevimli

Irlandiya aholisiga koronavirus tufayli o`z uylaridan 5 kilometrdan ortiq uzoqlashish taqiqlandi

Dunyo 21.10.2020, 01:51
Теглар: koronavirus, Irlandiya
Irlandiya aholisiga koronavirus tufayli o`z uylaridan 5 kilometrdan ortiq uzoqlashish taqiqlandi

Irlandiya hukumati koronavirus infeksiyasi tarqalishi tufayli yangi qat`iy cheklov choralarini joriy qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

The Irish Times nashrining yozishicha, olti hafta davomida — 21 oktyabrdan 1 dekabrgacha Irlandiya aholisiga o`z uylaridan 5 kilometr radiusda qolish majburiyati yuklandi. Fuqarolar ishga yoki kasalxonaga borishi kerak bo`lsagina uzoqroq masofaga chiqishi mumkin. Qolgan holatlarda jarima ko`zda tutilgan.

Yolg`iz yashaydigan yoki farzandlarini yolg`iz katta qilayotgan odamlarga boshqa oilalar bilan birlashishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, barcha fuqarolarga boshqa uy xo`jaliklari vakillari bilan uchrashish mumkin, ammo faqat ochiq havoda.

Barlar, restoranlar va kafelar faqat olib ketish uchun taom va ichimliklarni sotadi. Ko`pchilik do`konlar yopiladi, faqat eng zarur mahsulotlar bilan savdo qiladiganlari ishlashda davom etadi. To`ylar va dafn marosimlarida qatnashadigan odamlar soni cheklanadi.

Shu bilan birga, Irlandiyada maktablar, bolalar bog`chalari, qurilish va ishlab chiqarish kompaniyalari o`z ishini davom ettiradi.

14 oktyabrdan boshlab Irlandiyada har kuni COVID-19’ga chalinish bilan bog`liq mingdan ortiq holat qayd etilmoqda, bu 10 apreldagi avj nuqta (bir kecha-kunduzda 1515 ta holat)ga yaqindir.

Prognozlarga ko`ra, olti haftalik lokdaundan keyin Irlandiyada dekabr o`rtalariga kelib, yangi holatlar soni kuniga 50-100 tagacha kamayadi, karantin choralarisiz esa sutkasiga 1000 ta holat darajasida qoladi.

Irlandiyada jami 51 ming kishida virus aniqlangan, ulardan 1852 nafari vafot etgan, 23 mingdan ziyod kishi sog`aygan.

Шарҳлар

Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

22.01.2022, 19:23

Buyuk Britaniyada 27-yanvardan boshlab yopiq joylarda va transportda niqob taqish majburiy bo`lmaydi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha,  ommaviy tadbirlar va tungi klublarda qatnashish uchun...
Italiyada vaksina olmagan shifokorlar ishdan chetlashtirilmoqda

22.01.2022, 09:50

Italiyada qariyb 2000ga yaqin shifokorlar koronavirusga qarshi emlanmagani uchun ishdan chetlashtirildi. Bu haqda EFE Tibbiyot boshqarish milliy federasiyasi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 1972 nafar shifokor ishdan...
Yaponiyada koronavirusga qarshi karantin cheklovlari o`rnatilmoqda

22.01.2022, 09:25

Yaponiyada koronavirusning yangi "omikron" shtammi tarqalishi va kasallik soni ortishi oqibatida Tokioda karantin cheklovlari o`rnatilmoqda. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.Qayd etilishicha, shahardagi restoran va barlar...
Fransiyada karantin cheklovlari bekor qilinadi

22.01.2022, 00:15

Fransiya hukumati qaroriga ko`ra, 2 fevraldan boshlab ko`chalarda majburiy niqoblar talabini bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yan Kasteks ma`lum qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarni haftasiga...