AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Botir Qurbonov aholidan tushgan ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
" - COVID-19 infeksiyasi yangi infeksiyalar qatoriga kirib, hozirgi kunda dunyo olimlari tomonidan o`rganishlar va tajribalar olib borilmoqda.
Rossiyalik olimlarning ta`kidlashicha, virus 90 kungacha odam organizmida saqlanadi.
Lekin yuquvchanligi haqida hozirgi kungacha aniq dalillar keltirilmagan."