Polsha poytaxtida koronavirus epidemiyasi tufayli Yangi yilni nishonlash bilan bog`liq barcha tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda shahar meriyasi xabariga tayanib Zamon xabar berdi.
“Aholining sog`lig`i – bu eng muhimi”, dedi shahar ma`muriyatining matbuot kotibi va kelgusi yilda yo`qolgan vaqt o`rnini qoplash mumkinligiga umid bildirdi. Shu bilan birga, bayramdan tejalgan mablag`lar poytaxt byudjetida qolishi ta`kidlangan.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Polshada COVID-19 infeksiyasining 183 mingdan ortiq holatlari qayd etilgan, shundan 94 mingdan ortig`i bemorlarning sog`ayishi va 3614 nafari o`lim bilan tugagan. Kasallik darajasi bo`yicha mamlakat Evropada o`ninchi, dunyoda 29-o`rinni egallagan.