my5

Mashhur o`zbek xonandasi voyaga etmagan qizning nomusiga tekkani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 23.10.2020, 09:25
4112
Mashhur o`zbek xonandasi voyaga etmagan qizning nomusiga tekkani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Bir muddat avval taniqli estrada xonandasi Samarqanddagi liseyning birinchi kursini endigina tamomlagan, voyaga etmagan qizning nomusiga tekkani haqida xabar qilingan edi. Shundan so`ng, Bosh prokuratura holat yuzasidan qayta tekshiruv tayinlanganini ma`lum qilgan edi. 

Qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko`ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Buni jabrlanuvchining yaqinlari va ichki ishlar idoralaridagi manba tasdiqladi, deb yozdi Kun.uz.

Dastlabki tergov harakatlarini Samarqand viloyat IIB Tergov boshqarmasi olib borayotgani aytilmoqda.

«Vaziyatni prokuratura nazoratga olgach, Kattaqo`rg`on tumaniga borib, hodisa sodir bo`lgan uy IIB vakillari hamrohligida o`rganildi. 10 oktyabr kuni jinoyat ishi qo`zg`atildi. Shundan so`ng tergovga chaqirishdi. Tergovga J.U. ham chaqirilgandi, ammo o`sha voqea sodir bo`lgan kunda xonandaning yonida turgan ikki sherigi keldi, xolos.

Istardikki, bu safar tergov bir tomonlama bo`lib qolmaydi, xolislik ta`minlanadi», – deydi qizning otasi.

Viloyat IIB:

«Haqiqatan ham qiz o`sha kuni o`zini zo`rlangani haqida aytmoqda. Zo`rlash va nomusga tegish alomatlari bo`lgani sababli joriy yilning 10 oktyabrida holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Inson sha`ni va qadr-qimmati bilan bog`liq bo`lgani sababli tergovning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmaydi. Tergov yakuniga ko`ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi», – degan viloyat IIB rasmiysi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xonanda Jasur Umirov ekani haqida ko`plab taxminlar paydo bo`lgan. Shundan so`ng xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu haqda yozdi:

“Aybim bir stolda shunaqa buzuqlar bilan o`tirib qolganiim. Tuxmat balosini endi ko`rdim”, – deya o`zining vaziyatga aloqadorligiga ishora qilib izoh qoldirgan xonanda.

Xonanda Jasur Umirov voyaga etmagan qizni zo`rlashga aloqasi bor yoki yo`qligi bo`yicha izoh berdi

Ma`lumot uchun: jinoyat kodeksining 118-moddasiga ko`ra, nomusga tegish, ya`ni zo`rlik ishlatib, qo`rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish, sodir etilgan jinoyatning og`irlik darajasiga qarab 3 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Шарҳлар