my5

Kartoshka va go`shtdan muammosi yo`q tuman qaerdaligini bilasizmi?

Jamiyat 26.10.2020, 19:34
1252
Kartoshka va go`shtdan muammosi yo`q tuman qaerdaligini bilasizmi?

Andijon viloyatiga qilgan safarimiz chog`ida Qo`rg`ontepa tumanida ham bo`ldik. Respublikamizning eng chekka tumanlaridan biri bo`lgan hududda oziq-ovqat masalalari qanday hal qilinayotgani bilan qiziqdik. Tuman hokimi Avazbek Ergashev bilan suhbatimiz chog`ida Qo`rg`ontepaning bahor-qish mavsumidan qanday chiqishi bilan bog`liq masalalarga e`tibor qaratdik.  

“KARTOShKANI TUMANIMIZ VA QO`ShNI TUMANLAR AHOLISIGA ETIShTIRIB BERYaPMIZ”

Avazbek ERGAShEV, Qo`rg`ontepa tumani hokimi:

— Kartoshka masalasiga keladigan bo`lsak, tumanimiz respublikaning shimoliy qismida joylashganligi bois kartoshka etishtirishga ixtisoslashgan tuman hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tumanda jami 42 ming tonna kartoshka etishtirishni erta bahordan maqsad qilganmiz. Tuman aholisi 215 ming kishini tashkil etib, ularning bir yillik kartoshka iste`moli 11 ming tonnani tashkil etadi. Lekin shu kungacha 27 ming tonna kartoshkani tumanimiz va qo`shni tumanlar aholisiga etishtirib beryapmiz. Bundan tashqari, takroriy ekin sifatida yana 870 gektar maydonda kartoshka ekkanmiz, hozirda parvarish qilinyapti. Bu ekilgan maydonlarning bir gektaridan 190 tonnadan olganimizda ham 17 ming tonna atrofida kartoshka chiqadi. Qish mavsumidan betalofot chiqish maqsadida qilingan hisob-kitoblarga ko`ra tumanimiz aholisi uchun 2404 tonna kartoshka zahirasi talab etiladi. Bir kishi uchun kartoshkaning yillik me`yori – 54 kg etib belgilangan. 1 kg kartoshkaning bozordagi narxi esa  2 500 so`m.  

TADBIRKORLARGA MAHALLIY BYuDJETDAN PUL AJRATILADI

— Hozirgi kunda 6000 tonna sig`imga ega bo`lgan sovutgich omborlarimiz bor. Ulardan foydalanganlik uchun tadbirkorlarga mahalliy byudjetdan mablag` ajratiladi. Fermer xo`jaliklari bilan ham shartnoma tuzdik. Mana shu zaxira uchun davlat byudjetidan ikki miliiard so`m pul ajratilgan. Hozirda barcha shartnoma tuzgan fermerlarimizga 30 foiz pul mablag`larini o`tkazib berganmiz.  

TUMANDA GO`ShT ETIShMASLIGI MUAMMOSI QANDAY EChILADI?

— Qo`rg`ontepa tumani kartoshkadan tashqari chorvachilikka ham ixtisoslashgan tuman sifatida ham tanlab olingan. Hozirda 87 500 ta qoramol mavjud. Tumanimiz o`zini o`zi kartoshka kabi go`sht bilan ham bemalol ta`minlay oladi.

ShAKAR BOShQA HUDUDLARDAN ETKAZILADI

— Hisob-kitoblarga ko`ra, oldindagi 6 oyda aholini shakarga bo`lgan ehtiyoji 618 tonnani tashkil etib, 100 foiz boshqa hududlardan shakar mahsulot  hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan. Bu maxsulotlarni olib kelinishida 2 ta yirik tadbirkorlarimiz jalb qilingan.

“MAHSULOTLARINI JAMG`ARISh UChUN IChKI IMKONIYaTLARIMIZ ETARLI”

— Qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini jamg`arish uchun ichki imkoniyatlarimiz etarli. Mahsulotlarni sotib olish uchun talab etiladigan mablag`, bugungi kundagi bozor narxlaridan kelib chiqib hisob-kitob qilinganda jami 11 mlrd. so`m mablag` talab etilishi aniqlandi. Talab etiladigan mablag`larning 4,5 mlrd. so`mi zaxira tayyorlovchi tashkilotlarning o`z mablag`lari hisobidan, 4,7 mlrd. so`mi byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar hisobiga, 1,8 mlrd. so`mi bank kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.

VILOYaTDA YaGONA YoMG`IRLATIB SUG`ORISh HAQIDA

— Suv tanqisligini oldini olish maqsadida 2020  yilda 1100 gektar maydonda tomchilatib sug`orishni tashkil qilgan edik. 2021 yilga 4000 gektarda tomchilatib sug`orishni tashkil etishni reja qilganmiz. Bu ham oziq-ovqat xavfsizligiga borib taqalgani uchun aytyapman – bu yil g`alladan yuqori hosil olish maqsadida Turkiya texnologiyalarini qo`llab, yomg`irlatib sug`orishni joriy qildik. Buni hisobiga har bir gektar maydondan 100 sentner g`alla olish kafolatlangan. Ana`anaviy usulda esa shuncha maydondan 60-70 sentner g`alla olish mukinligini hisobga olsak, biz yana 30-40 sentnergacha qo`shimcha g`alla olishimiz mumkin bo`ladi.  

QAY BIRI AFZAL: TOMChILATIB SUG`ORIShMI YoKI YoMG`IRLATIB?

— Tomchilatib sug`orishni biz paxtachilik, bog`dorchilik hamda chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo`jaliklari erlarida qo`llasak, yomg`irlatib sug`orishni esa g`alla, sholi, sabzavot maydonlarida qo`llayapmiz. Xarajatiga kelsak, ikkalasiga ham bir xil sarf-xarajat qilinadi. Yomg`irlatib sug`orish orqali oqar suvdan foydalangandan ko`ra 4 baravargacha (75 foiz) suv sarfini tejashimiz mumkin bo`ladi.

 

Sardorbek Rahmonqulov suhbatlashdi

Шарҳлар

Кун мавзуси: koronavirus
Об-ҳаво: Ташкент
+4° туман
Валюта курси
10427.38
USD 12.52
12473.23
EUR 128.5
137.48
RUB 0.79