my5

Fazliddin G`oibnazarovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo`ldi

Sport 27.10.2020, 14:20
433
Fazliddin G`oibnazarovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo`ldi

Boks bo`yicha XXXI yozgi Olimpiya o`yinlari g`olibi, hozirda professional boksda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Fazliddin G`oibnazarovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo`ldi.

Tajribali bokschimiz o`zining professional ringdagi o`ninchi jangini 5 dekabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida mezbonlar vakili professional boksda 11 marotaba ringga tushib, ularning 10 tasida g`alaba qozongan va bir marta durang qayd etgan Igor Adleybaga qarshi o`tkazadi.

Fazliddin bugunga qadar o`tkazgan 9 jangining 8 tasida g`alaba qozongan bo`lsa, bittasida ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qo`ygan. Bokschimiz so`nggi jangini 2019 yilning 12 dekabr kuni Qozog`istonda Vladislav Baranovga qarshi o`tkazib, nokaut bilan g`alabaga erishgan edi.

Шарҳлар