my5

Bolalardagi koronаvirusning eng muhim asoratlaridan biri ma`lum qilindi

Salomatlik 27.10.2020, 19:15
1813
Bolalardagi koronаvirusning eng muhim asoratlaridan biri ma`lum qilindi

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

Xususan, koronavirus infeksiyasi bolalarda engil o`tadi deyishadi, demak u bolalar uchun xavfli emasmi, degan savolga javob berildi.  

"Ushbu kasallik kattalar bilan birgalikda bolalar uchun xam xavflidir, chunki bu infeksiya  biz uchun yangi. Pandemiya  boshlangan davrida bolalar kattalarga nisbatan kam kasallangandilar va nisbatan engil o`tkazdilar.  

Lekin hamroh kasalliklari ya`ni rivojlanish nuqsonlari, endokrin buzilishlar,  allergik kasalliklar, onkologik patologiyalar, immuntanqis xolatlari  bor bolalarda ushbu kasallik sog`lom bolalarga nisbatan ancha og`ir kechadi. Bolalar yana infeksiya tashuvchilar bo`lib xisoblanib, ularda koronovirus infeksiyasi belgilari deyarli katta farq qilmaydi – isitma, yuqori xarorat, kon`yuktivit, mushaklarda og`riq, oshqozon-ichak trakti buzilishlari. Biroq bolalarning ota-onalari bola kasallik o`tkazgandan keyin xam unga e`tiborli bo`lishlari talab qilinadi.  

Olimlarning ta`kidlashicha, bolalardagi  koronovirus asoratlaridan biri bu multiyallig`lanish sindromidir. Bu — COVID 19ga kechiktirilgan immunologik javobdir. Bu bolada kasallik simptomli yoki simptomsiz o`tishidan kat`iy nazar kelib chiqishi mumkin bo`lgan xolatdir. Ma`lumotlarga ko`ra, taxminan 2-3 xafta o`tgach, limfa tugunlarini kattalashishi, xaroratni ko`tarilishi, toshmalar toshishi, kon`yuktivit,  kaft va oyoqlarda shish paydo bo`lishi bilan boshlanishi mumkin.  

Agarda bolalarda bunday holatlar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish va ma`lum tekshiruvlar o`tkazish va davolash uchun kasalxonaga gospitalizasiya qilish tavsiya etiladi.  

Shuning uchun ushbu kasallik bolalarda  engil o`tadi deb befarq bo`lishimiz kerak emas va xozirgi kunda ularning salomatligiga e`tiborliroq bo`lish talab etiladi", - izohladi mutaxassis

Шарҳлар