Shu yilning 27 oktyabr kuni mamlakatimizda 277 holatda kasallik qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 556 nafarga etdi. E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg`ona, Xorazm viloyatlarida 289 nafar bemor tuzaldi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 65 944 nafar bemordan 63 165 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 223 nafar bemordan 274 nafari og`ir, 74 nafari esa o`ta og`ir ahvolda. |
28.10.2020 04:32
27-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 277 nafar, vafot etganlar 4 nafarni tashkil qildi
