my5
Sevimli

"Eng qimmat avariya": "UzAuto Motors" mashinalari ortilgan avtovoz ishtirokidagi YTH tafsilotlari ma`lum qilindi (foto va video)

Jamiyat 28.10.2020, 08:29
Теглар: Video
"Eng qimmat avariya": "UzAuto Motors" mashinalari ortilgan avtovoz ishtirokidagi YTH tafsilotlari ma`lum qilindi (foto va video)

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda yangi, engil avtomobillarni olib ketayotgan avtovoz avariyaga uchragani holati aks etgan video va suratlar tarqaldi.

Mazkur hodisa 24 oktyabr kuni Buxoro viloyatidagi A-380 trassada Gazli shahri yaqinida sodir bo`lgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda «Gazeta.uz» «O`zavtosanoat» axborot xizmatiga tayanib, xabar qildi.

Keltirilishicha, ikki nafar haydovchi tomonidan navbatma-navbat boshqariladigan MAN avtovozi UzAuto Motors’ning Urganch shahridagi dilerlik markaziga 5 ta "Cobalt" va 3 ta "Nexia" olib ketayotgan vaqtida uning tirkamasi «KamAZ» yuk mashinasiga urilgan. Tarqalgan fotosuratlardan «KamAZ»ning qoplangan qum olib ketayotgani ko`rinadi.

«Surishtiruvlar davomida ma`lum bo`lishicha, «KamAZ» haydovchisi uxlab qolib, boshqaruvni yo`qotgan. Oqibatda ikki yuk mashinasi hamda atovozdagi engil avtomobillarga shikast etgan. YTHda haydovchilarning hech biri jarohat olmagan.

Ayni paytda Buxoro viloyati Romitan tumani YHXB hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

«O`zavtosanoat» YTH oqibatida jiddiy zarar etgan UzAuto Motors avtomobillarining mutaxassislar ziyon miqdorini baholaganidan keyin zavodga utilizasiya qilish uchun yuborilishini ma`lum qilgan.

Шарҳлар

Xorazmda erkak sobiq xotinini pichoqlab o`ldirdi, qaynonasini jarohatladi (video)

12.07.2021, 10:59

Xorazm viloyati Xonqa tumanida 4 iyul kuni erkak janjal sabab sobiq xotinini o`ldirib qo`ydi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, hodisa 3...
Toshkentda fuqaro hech bir sababsiz ommaviy kaltaklandi (video)

12.07.2021, 09:16

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanidagi do`konlardan birining oldida janjal aks etgan videotasvir tarqaldi.Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB ma`lumot tadim etdi.Keltirilishicha, joriy yilning 10 iyul kuni taxminan...
Xorazmda sumalak tayyorlayotgan yarim-yalang`och ayollar uzr so`rab chiqdi (video)

23.03.2021, 11:12

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yarim-yalong`och holatda sumalak qilayotgan ayollar videosi tarqaldi.Bugun esa ijtimoiy tarmoqlarda ayollarning uzr so`rab chiqqani aks etgan video ham paydo...
Farg`onada "damaschilar" va taksichilar o`rtasida ommaviy mushtlashuv bo`ldi. Jinoyat ishi qo`zg`atildi (video)

13.02.2021, 15:00

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg`onada damaschilar va taksichilar urishib ketdi” sarlavhali videolavha tarqalgan edi. Shundan so`ng mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari o`tkazishga...