AQSh Prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtabi saytiga xakerlar hujum qilgan. Bu haqda Prezidentning saylov kampaniyasi Matbuot kotibi xabar bergan, deb yozadi xuman.
Unga ko`ra, siyosatchining saylovoldi shtabi sayti kecha, 27 oktyabr kuni kechqurun xakerlar tomonidan buzilgan.
"Biz Huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda hujum manbasini tekshirish bo`yicha ish olib bormoqdamiz. Xakerlar maxfiy ma`lumotlardan foydalana olmaganlar, chunki ular saytda saqlanmagan", deb yozgan Mertau Twitter’dagi o`z sahifasida.
Uning ta`kidlashicha, saytning faoliyati allaqachon tiklangan.