AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 43 million 341 ming nafardan oshdi

'Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 43 million 341 ming nafardan oshdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 43 million 341 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 157 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 43 million 965 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 166 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 8,548 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (7,946 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (5,394 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (1,547 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda Fransiya (1,134 milliondan ortiq). Beshta davlatda (Rossiya, Fransiya, Argentina, Ispaniya, Kolumbiya) koronavirus qayd etilganlar soni 1 milliondan oshdi.

    Boshqa yangiliklar