my5
Sevimli

Ozarbayjonning Barda shahri Armaniston tomonidan o`qqa tutilishi natijasida halok bo`lganlar 20 kishiga etdi

Dunyo 28.10.2020, 21:49
Теглар: Ozarbayjon, Armaniston
Ozarbayjonning Barda shahri Armaniston tomonidan o`qqa tutilishi natijasida halok bo`lganlar 20 kishiga etdi

Ozarbayjonning Barda shahri Armaniston tomonidan o`qqa tutilishi natijasida halok bo`lganlar soni 20 kishiga etdi. Bu haqda Ozarbayjon prezidentining yordamchisi Hikmat Gadjiev ma`lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».

Hikmat Gadjiev huquqni himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlarni shaharga tashrif buyurishga va vayronalarni ko`rishga taklif qilgan. «Ular hech narsada aybdor bo`lmagan kishilar edi. Armaniston Qurolli kuchlari «Smerch» kassetali raketalardan foydalandi. Biz Human Rights Watch va Amnesty International’ni jinoyat joyini borib ko`rishga taklif qilamiz», — deya ma`lum qilgan Gadjiev.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasining ma`lumotlariga ko`ra, Barda shahriga uyushtirilgan hujum natijasida halok bo`lganlar soni 19 kishini tashkil qiladi, 60 nafardan ortiq odam jarohat olgan.

Dastlab Bosh prokuratura konvensiya bilan taqiqlangan kassetali o`q-dorilar yordamida amalga oshirilgan hujum oqibatida kamida uch kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan. Nazorat idorasining ma`lumotlariga ko`ra, zarba savdo ob`ektlari joylashgan va odamlar ko`p to`planadigan joyga berilgan.

O`z navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon tomonining Barda shahriga Armaniston tomonidan zarba berilgani haqidagi bayonotini tasdiqlamagan.

«Ozarbayjon Mudofaa vazirligining Armaniston Qurolli kuchlari «Smerch» raketa tizimidan Barda shahriga zarba bergani haqidagi bayonoti asossiz va yolg`on», — deya yozgan Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan o`zining Facebook’dagi sahifasida.

 
  

Шарҳлар

Ozarbayjonda 65 yoshdan oshganlar koronavirusga qarshi emlanadi

08.02.2021, 17:58

Ozarbayjonda dushanba kuni 65 yoshdan katta bo`lganlar uchun koronavirusga qarshi emlash boshlanadi. Bu haqda tass.ru xabar berdi. Xabarda aytilishicha, jarayonni tashkil etish uchun Majburiy tibbiy sug`urta...
Ozarbayjonda 18 yanvardan Xitoyning CoronaVac vaksinasi bilan emlash boshlanadi

17.01.2021, 10:05

Ozarbayjon rasmiylari 18 yanvardan boshlab aholini koronavirusga qarshi emlashni boshlaydi deb xabar bermoqda Tass.Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Shahmar Movsumovning aytishicha, preparatning birinchi partiyasi allaqachon Ozarbayjonga etib...
Turkiya va Ozarbayjon rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

16.01.2021, 18:44

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdog`an o`z telegram sahifasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev bilan telefon orqali muloqot qilganini ma`lum qildi.“Suhbat Turkiya-Ozarbayjon munosabatlari va mintaqadagi o`zgarishlar muhokama...
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti rafiqasi bilan molxonaga aylantirilgan masjidga oyoqyalang kirib, uning devorlarini o`pdi

24.11.2020, 21:59

 Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev va vise-prezident – mamlakat birinchi xonimi Mehribon Alieva Armaniston tomonidan bosib olingan va 9 noyabrda uch taraflama sulh (Rossiya –...