Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o`tayotgan eridan xabar olishga borgan qoraqalpog`istonlik ayol o`g`rilikka qo`l urdi. Bu haqda «Daryo» ma`lum qildi. Ta`kidlanishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasida yashovchi 21 yoshli fuqaro S.A. avval ikki marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan bo`lsa-da, bundan to`g`ri xulosa chiqarmay, yana o`g`rilikka qo`l urgan. U erini ko`rishga borgan kuni 20:00 dan soat 21:00 ga qadar bo`lgan vaqtda «Cho`lquvar» MFYdagi xonadonlarning biriga o`g`rilikka tushgan. Uy yotoqxonasidagi temir seyfning qulfini buzib, seyf ichidan 2 million 400 ming so`m va 100 dollar pul hamda jami bahosi 9 million 800 ming so`mlik uch turdagi ayollar tilla taqinchog`ini o`g`irlab ketgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida qoraqalpog`istonlik ayolning kirdikori fosh etilgan. U ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Holat yuzasidan Qorovulbozor tuman ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. |
28.10.2020 23:49
Buxorodagi qamoqxonaga erini ko`rishga borgan ayol o`g`rilikka qo`l urdi
