Sevimli

Koronavirusga qarshi vaksina butun Evroittifoq aholisiga etmay qolishi mumkin

Jamiyat 28.10.2020, 23:55
Теглар: koronavirus
Koronavirusga qarshi vaksina butun Evroittifoq aholisiga etmay qolishi mumkin

Evroittifoq aholisining bir qismigina 2022 yilgacha koronavirusga qarshi vaksina olishi mumkin, chunki Evroittifoq buyurtma qilib qo`ygan COVID-19’ga qarshi potensial dorilar samarasiz bo`lib chiqishi yoki kam miqdorda ishlab chiqarilishi mumkin, deb yozadi «RBK».

«2021 yil oxirigacha butun aholi uchun etadigan COVID-19’ga qarshi vaksina dozasi bo`lmaydi», — degan Evrokomissiya vakili Evroittifoq diplomatlari bilan o`tkazilgan yopiq majlisda.

Evroittifoq koronavirusga qarshi jami 1 milliarddan ortiq dozada potensial vaksina buyurtma qilib qo`ygan. Ularni AstraZeneca, Sanofi va Johnson & Johnson kabi kompaniyalar ishlab chiqmoqda.

Johnson & Johnson’ning bo`linmasi Janssen Pharmaceutica NV bilan shartnoma oktyabr boshida tuzilgan edi. Shartnomaga ko`ra, agar dori xavfsiz va samarali bo`lib chiqsa, Evroittifoq mamlakatlari uni 200 million kishi uchun sotib oladi.

 

Шарҳлар

Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

22.01.2022, 19:23

Buyuk Britaniyada 27-yanvardan boshlab yopiq joylarda va transportda niqob taqish majburiy bo`lmaydi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha,  ommaviy tadbirlar va tungi klublarda qatnashish uchun...
Italiyada vaksina olmagan shifokorlar ishdan chetlashtirilmoqda

22.01.2022, 09:50

Italiyada qariyb 2000ga yaqin shifokorlar koronavirusga qarshi emlanmagani uchun ishdan chetlashtirildi. Bu haqda EFE Tibbiyot boshqarish milliy federasiyasi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 1972 nafar shifokor ishdan...
Yaponiyada koronavirusga qarshi karantin cheklovlari o`rnatilmoqda

22.01.2022, 09:25

Yaponiyada koronavirusning yangi "omikron" shtammi tarqalishi va kasallik soni ortishi oqibatida Tokioda karantin cheklovlari o`rnatilmoqda. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.Qayd etilishicha, shahardagi restoran va barlar...
Fransiyada karantin cheklovlari bekor qilinadi

22.01.2022, 00:15

Fransiya hukumati qaroriga ko`ra, 2 fevraldan boshlab ko`chalarda majburiy niqoblar talabini bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yan Kasteks ma`lum qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarni haftasiga...