Sevimli

Koronavirusga chalingan odam tuzli ovqatlarni iste`mol qilsa bo`ladimi? Kunlik me`yor qancha?

Salomatlik 29.10.2020, 16:24
Теглар: koronavirus
Koronavirusga chalingan odam tuzli ovqatlarni iste`mol qilsa bo`ladimi? Kunlik me`yor qancha?

Koronavirusga chalingan odam tuzli ovqatlarni iste`mol qilsa bo`ladimi? Kunlik me`yor qancha? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi.

— Tuzli ovqat mahsulotlarni me`yorida iste`mol qilsa bo`ladi, agar juda ham sho`r bo`lmasa.

JSSTning kundalik iste`mol qilinishi kerak bo`lgan tuz miqdorini kuniga 5 grammdan oshmasligi kerak deb belgilaydi.

 Agarda surunkali ravishda bu me`yordan ortiqcha tuz iste`mol qilinsa, inson organizmida yurak-qon tomir kasalliklari, ayniqsa qon bosimining ko`tarilishiga ta`sir qilishi mumkin deb baholaydi. 

 Bugungi kunda esa, koronavirus kasalligi qon bosimi yuqori bo`lgan yoki yurak qon-tomir kasalliklariga moyilligi bo`lgan shaxslarda og`irroq kechayotgani olimlar va shifokorlar tomonidan ta`kidlanib kelinmoqda. Shuning uchun, ortiqcha iste`mol qilingan tuz va uni surunkali ravishda iste`mol qilinishiga o`tilishi koronavirus kasalligini og`irroq kechuviga sabab bo`lishi mumkin.

 Ovqatlanish borasida, yangi mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar doim organizmga shifo sifatida ta`sir qiladi. Xa, bu o`rinda uni tayyorlash va saqlash qoidalariga ham rioya qilsangiz, organizmingizni sog`lom bo`lishini ta`minlaysiz va immun tizimini mustahkamlaysiz.

 

Шарҳлар

Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

22.01.2022, 19:23

Buyuk Britaniyada 27-yanvardan boshlab yopiq joylarda va transportda niqob taqish majburiy bo`lmaydi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha,  ommaviy tadbirlar va tungi klublarda qatnashish uchun...
Italiyada vaksina olmagan shifokorlar ishdan chetlashtirilmoqda

22.01.2022, 09:50

Italiyada qariyb 2000ga yaqin shifokorlar koronavirusga qarshi emlanmagani uchun ishdan chetlashtirildi. Bu haqda EFE Tibbiyot boshqarish milliy federasiyasi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 1972 nafar shifokor ishdan...
Yaponiyada koronavirusga qarshi karantin cheklovlari o`rnatilmoqda

22.01.2022, 09:25

Yaponiyada koronavirusning yangi "omikron" shtammi tarqalishi va kasallik soni ortishi oqibatida Tokioda karantin cheklovlari o`rnatilmoqda. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.Qayd etilishicha, shahardagi restoran va barlar...
Fransiyada karantin cheklovlari bekor qilinadi

22.01.2022, 00:15

Fransiya hukumati qaroriga ko`ra, 2 fevraldan boshlab ko`chalarda majburiy niqoblar talabini bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yan Kasteks ma`lum qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarni haftasiga...