my5

IIV Qur`oni karimni yirtib, uni oyoqosti qilgan shaxsni topdi. Jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 30.10.2020, 07:12
2530
IIV Qur`oni karimni yirtib, uni oyoqosti qilgan shaxsni topdi. Jinoyat ishi qo`zg`atildi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli diniy adovatni qo`zg`atish va dindorlar orasida murosasizlikni keltirib chiqarishni targ`ib qiluvchi ma`lumotlar tarqalmoqda.

Xususan, joriy yilning  29 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda o`zini “ateist”, deb tanishtirib, u tomonidan dinimizning ilohiy manbasi va eng muqaddas kitobi - Qur`oni karimga nisbatan hurmatsizlik aks etgan videolavha tarqaldi hamda keskin bahs-munozara va noroziliklarga sabab bo`ldi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, mazkur shaxs Mingbuloq tumanidan bo`lgan Sherzod Turdiev emasligi aniqlandi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

O`tkazilgan tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu videotasvirni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan shaxs aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga jalb qilindi.

Tekshiruv natijasiga ko`ra, mazkur shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo`zg`atish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Jinoyat ishi bo`yicha tergov natijasiga ko`ra, qo`shimcha ma`lumot berib boriladi.

Shu o`rinda, fuqarolarimizdan yurtimizda diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlik kabi azaliy an`analarimizga kundalik hayotimizda amal qilishlarini hamda muqaddas dinimizni oyoq-osti qilib, aholi orasida ixtiloflar keltirib chiqarishga bo`lgan urinishlar uchun qonunda javobgarlik belgilanganligini eslatib o`tamiz, deyiladi IIV Axborot xizmati xabarida. 

Eslatib o`tamiz, mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Musulmonlari idorasining ham rasmiy munosabati e`lon qilingan edi. 

Шарҳлар