AsosiyJamiyat

Jami abituriyentlardan test topshirish uchun 80 milliarddan ko‘proq pul tushgan

'Jami abituriyentlardan test topshirish uchun 80 milliarddan ko‘proq pul tushgan'ning rasmi

Bu haqda DTM o`rinbosari Sardor Rajabov AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.

“Joriy yilgi test sinovlari uchun abiturientlardan 80 milliard so`mdan ortiq mablag` kelib tushgan.

Imtihonlar o`tkazilgan stadionlarning faqat 2-3 tasi bilan shartnoma tuzib, mablag` o`tkazib berdik. Qolgan stadionlar hokimliklar tomonidan taqdim etilgan. Ya`ni ularga DTM mablag`lari sarflanmagan”, - dedi S.Rajabov.

Eslatib o`tamiz, avvalgi yillarda bitirgan abiturientlar test sinovlarida ishtirok etish uchun 111 ming 500 so`m miqdorida to`lovni amalga oshirishdi.

    Boshqa yangiliklar