my5

“Raqobat to`g`risida”gi Qonunning ijrosi muhokama qilindi

Siyosat 30.10.2020, 22:18
Теглар: Oliy Majlis, Raqobat to`g`risida
509
“Raqobat to`g`risida”gi Qonunning ijrosi muhokama qilindi

2020 yil 30 oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasida videokonferensaloqa tarzidagi sayyor majlisi bo`lib o`tdi.Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Unda “Raqobat to`g`risida”gi Qonunning “O`zkimyosanoat”, “O`zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyatlari va “O`zyog`moysanoat”, “O`zcharmsanoat” uyushmalari tomonidan ijro etilishi holati muhokama qilindi.

Majlisda Senat a`zolari, Vazirlar Mahkamasi vakili, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan “Raqobat to`g`risida”gi Qonunning ijro etilishi muhokama qilindi.

Ta`kidlanganidek, “Raqobat to`g`risida”gi Qonunning ushbu aksiyadorlik jamiyati tizimidagi ijrosi holati o`rganilganida mamlakat kimyo sanoati korxonalarining aksariyatida davlat ulushining yuqoriligi, zamonaviy energo tejamkor texnologiyalarning joriy qilinmaganligi kabi sabablar oqibatida sohada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko`rsatilayotgan xizmatlar narxlari ichki bozorda ham tashqi bozorda ham xorij kompaniyalarning shu kabi tovar va xizmatlari bilan raqobatlasha olmayapti.

Ichki bozorda tovar va xizmatlar sifatini oshirish, moslashuvchan tarif siyosatini qo`llashdan aksiyadorlik jamiyatining manfaatdor emasligi ham raqobat muhitining yo`qligi sabablaridan biri hisoblanadi.

Qonun talablarining etarlicha ishlamasligi sohada davlat-xususiy sheriklik tamoyillarining qo`llanilmasligiga ham olib kelgan.

Raqamli mahsulotlarni qo`llash tarkibi sust darajada tashkil etilganligi ham raqobatning rivojlanishiga o`z salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.

So`nggi yillarda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarini kuz-qish mavsumida “O`ztransgaz” AJ va “Hududgazta`minot” AJ tomonidan tabiiy gaz bilan ta`minlashdagi muammolar, ya`ni tabiiy gaz talab etiladigan parametrlarda (12 kgs/sm2 da) etkazib berilmasligi tufayli ishlab chiqarishda to`xtalishlar yuzaga kelgan yoki to`liq quvvatda ishilash imkoni bo`lmagan.

Xususan, yuqoridagi sabab tufayli 2019 yilda 318,8 mlrd. so`mlik tovar mahsuloti, shu jumladan, 294,5 mlrd. so`mlik azotli o`g`itlar kam ishlab chiqarilgan va 24,4 mlrd. so`mlik ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlarga yo`l qo`yilgan. Bu, o`z navbatida, azotli o`g`itlar tannarxining keskin oshishiga sabab bo`lgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan “O`zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarining mahsulotlariga narxlar shakllanishi va qo`llanilishi tahlil qilinganda ayrim korxonalar tomonidan mahsulotlariga yuqori monopol narx qo`llanilishi holatlari kuzatilgan va kamchiliklar bartaraf etilgan.

“Maxsam-Chirchiq” AJ tomonidan ammiakli selitra maxsuloti ishlab chiqarilib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga birja savdolari orqali sotilishi kerak. Biroq ishlab chiqarilgan mahsulot to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar asosida tarkib korxonasiga bozorda faoliyat yuritayotgan boshqa raqobatchilariga nisbatan arzon narxda sotilishi natijasida “Raqobat to`g`risida”gi Qonun talablari buzilib, xo`jalik sub`ektlari uchun teng bo`lmagan sharoit yuzaga keltirilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi 3386-sonli qarori bilan tasdiqlangan ro`yxatga asosan mineral o`g`itlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotilishi belgilangan.

“O`zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalari tomonidan import-eksport faoliyatini olib borishda “O`zkimyoimpeks” MChJning yagona agent etib belgilanishi mazkur faoliyatning sun`iy monopollashuviga olib kelgan.

Bundan tashqari, majlisda “O`zbekneftegaz” AJ tomonidan “Raboqat to`g`risida”gi Qonunning ijro etilishiga urg`u berildi.

Qayd etilganidek, “O`zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati neft, neft mahsulotlari va gazni (gaz kondensati) quvur orqali transportirovka qilish xizmatlari bo`yicha Tabiiy monopoliya sub`ektlarining davlat reestriga kiritilgan.

2020 yil 1 yanvar holatida respublikada 276 ta neft va gaz konlari mavjud bo`lib, suyuqlik turi bo`yicha ular 10 ta gaz koni, 137 ta kondensat,

52 ta neftgaz kondensati, 25 ta neft va gaz hamda 52 ta neft konlariga bo`linadi. Jamiyat tizimidan neftni qayta ishlash zavodlariga 2019 yilda 911,2 mlrd. so`m soliq to`lovlaridan imtiyozlar berilgan.

Majlisda “O`zbekneftegaz” AJning qazib chiqarishdagi ulushining yildan yilga qisqarib borishi hamda neft va gaz mahsulotlari hajmlarining kamayib borishi iqtisodiyot tarmoqlari va aholini energoresurslar bilan ta`minlash masalasida bir qator muammolarga sabab bo`layotgani ta`kidlandi. Jumladan, bugungi kunda respublikamiz aholisining 49 foizi tabiiy gaz va 51 foizi suyultirilgan gaz bilan ta`minlangan. Bu boradagi ishlar holati tahlil qilinganda ayrim hududlarda bir necha oylab tabiiy gaz, ba`zi hududlarda esa suyultirilgan gaz ballonlari o`z vaqtida etkazib berilmayotganligi aniqlangan.

Yana bir jihat. Iqtisodiyot tarmoqlarining mahsulot ishlab chiqarishda tabiiy gazga bo`lgan ehtiyoji yuqoriligi va bu ehtiyoj to`liq qondirilmayotganligi natijasida tabiiy gaz etkazib beruvchilar tomonidan ustun mavqeini suiiste`mol qilish holatlari yuzaga kelmoqda. Xususan, “O`ztransgaz” AJ tomonidan 2018-2019 yillar davomida ulgurji iste`molchilarga tabiiy gaz etkazib berishda to`lovlarni hisoblash va tariflarning qo`llanilishida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi natijasida ulgurji iste`molchilar hisobidan jami 200 mlrd. so`mdan ziyod miqdorda asossiz daromad olinganligi aniqlangan.

Shuningdek, majlisda neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gazni realizasiya qilishda taqdim etilgan eksklyuziv huquqlarni xatlovdan o`tkazib, ularni qisqartirish choralarini ko`rish, neft va neft mahsulotlarining birja savdolariga qo`yilishida narxlarning tasdiqlangan grafikka rioya qilgan holda belgilanishini ta`minlash zarurligi ta`kidlandi.

Qayd etilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 yanvardagi “Yog`-moy tarmog`ini yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to`g`risida”gi qaroriga asosan “O`zpaxtayog`” AJ negizida O`zbekiston Respublikasi yog`-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etilgan.

Mazkur tashkilot tomonidan 2018 yilda 191,4 ming tonna kungaboqar va 135 ming tonna kungaboqar moyi import qilingan bo`lsa, 2019 yilda import hajmi mos ravishda 269 ming tonna va 216 ming tonnani tashkil etgan.

Tahlillar 2020/2021 mavsumda butun dunyoda kungaboqar etishtirish hajmi prognozlari 56,1 mln. tonnagacha, qayta ishlar hajmlari 51,2 mln. tonnagacha kamayishi ko`rsatgan. Bunda mintaqada yirik eksportyor davlat hisoblangan Rossiya Federasiyasida kungaboqar etishtirish prognozi 2019/2020 yilgi mavsumdagi 15,3 mln. tonnadan 2020/2021 yilgi mavsumda 13,5 mln. tonnagacha kamaytirilgan. Natijada joriy yilda respublikaga kungaboqar importi hajmi keskin qisqargan.

O`tgan yillarda respublikaga kungaboqar donining importi ortib borgan bo`lsa, 2020 yilda import hajmining pasayishi kutilmoqda.

Yuqoridagi kabi holatlar xorijiy davlatlarning soya, kungaboqar kabi moyli xom ashyo eksportiga ta`siri mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari tannarxining oshishi, yog`-moy mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari kamayishiga va narx borasida raqobatlasha olmasligiga sabab bo`ladi.

Shu bilan birga, majlisda sohada sog`lom raqobatning ta`minlanishi va ichki bozorni yog`-moy mahsulotlari bilan to`yintirish bo`yicha bir qator masalalar echimi ta`minlanishi zarurligi ta`kidlandi. Xususan, moyli xom ashyo bazasining chegaralanganligi oqibatida so`nggi uch yilda yog`-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 50 foizdan oshmagan.

So`nggi yillarda mahalliy xom ashyo resurslari qisqarib borishi natijasida o`simlik (paxta) moyining ishlab chiqarilishi 2018 yilda 197 ming tonnani tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda 15 foiz kamaygan.

Qolaversa, Muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish maqsadida birja savdolarida qatnashib 5 tonnagacha texnik chigit xarid qilishi mumkin bo`lgan korxonalarga hech qanday talab o`rnatilmaganligi natijasida standart texnologik jarayonlarning buzilishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining pasayishiga yo`l qo`yilmoqda. O`simlik moyining chakana narxi bugungi kunda sezilarli darajada, ya`ni 22-30 foizgacha qimmatlashgan.

Yog`-moy korxonalarida em mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyati bo`lgan holda, em mahsulotlari (shrot va sheluxani) qisqa siklda qayta ishlanishi bilan chegaralangan. Xolbuki, bu mahsulotlarni chuqur qayta ishlab chorvachilik, baliqchilik, quyonchilik va parrandachilik uchun zarur bo`lgan import o`rnini bosuvchi ekstrudrlangan omuxta em mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishish mumkin.

Majlisda “O`zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan ham “Raqobat to`g`risida”gi Qonunning ijro etilishi ko`rib chiqildi.

Qayd etilganidek, 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko`ra, ushbu uyushmaga 550 ga yaqin ishlab chiqaruvchi korxonalar a`zo bo`lib, ulardan 50 tasi charmni qayta ishlovchi, 9 tasi qorako`lchilik, 35 tasi charm-attorlik hamda 302 tasi poyabzal ishlab chiqaruvchilardir.

Soha korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish maqsadida 2020 yilda 28 ta loyiha bo`yicha 101,2 mln. dollarlik qiymatdagi investisiyalarning o`zlashtirilishi, 2020-2022 yillarda umumiy qiymati 421,0 mln. dollarlik 248 ta investisiya loyihalarini amalga oshirish bo`yicha ishlar yo`lga qo`yilgan.

Shu bilan birga, majlisda tizimda raqobat muhitiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi muammolarni bartaraf etish maqsadida bir qator amalga oshirilishi talab etiladigan ishlarga urg`u berildi.

Xususan, teri xom ashyosini qayta ishlash bo`yicha mahalliy korxonalar quvvatidan to`liq foydalanishni yo`lga qo`yish va qo`shni davlatlarda etishtiriladigan yirik va mayda shoxli mollar terisini qayta ishlab, tayyor mahsulotlarni eksport qilish ishlarini tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rish, respublika bojxona chegarasi orqali charm va mo`yna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to`g`risidagi nizomni bekor qilish masalasini ko`rib chiqish, charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`laridan maqsadli foydalanishni yo`lga qo`yish zarurligi ta`kidlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas`ul idoralarga ko`rsatmalar berildi.

Ko`rib chiqilgan masalalar yuzasidan Senat qo`mitasining tegishli qarori qabul qilindi. 

 

 

Шарҳлар

Ertaga Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisi ochiladi

13.09.2019, 20:56

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi ertaga, 14 sentyabr kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida...
​Abdulaziz Komilov Stokgolmdagi terakt ijrochisi Rahmat Oqilov bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

14.04.2017, 16:47

O`zbekiston tashqi siyosatining zamonaviy bosqichi va uning dolzarb masalalari mavzusida 14 aprel, juma kuni Xalqaro press-klubning ilk yig`ilishi o`tkazildi. Tadbirda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov...
​Senatda Xitoy Elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

13.04.2017, 14:12

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2017 yil 12 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o`rinbosari S.Safoevning Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda...
​Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida aholi farovonligini oshirish masalalari muhokama qilindi

11.04.2017, 22:41

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida shu yil 11 aprel kuni kengaytirilgan videoselektor yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari rahbarlari, Prezidentning Davlat...