my5

“O`zbekneftgaz”: Dizel yoqilg`isining narxi 1 noyabrdan boshlab arzonlashtiriladi

Jamiyat 31.10.2020, 22:46
Теглар: O`zbekneftgaz
615
“O`zbekneftgaz”: Dizel yoqilg`isining narxi 1 noyabrdan boshlab arzonlashtiriladi

 “O`zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`i orqali sotilayotgan neft mahsulotlarining narxini arzonlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

1 noyabrdan boshlab ushbu AYoQShlardagi import dizel yoqilg`isining narxi 6500 so`mdan 6000 so`mga arzonlashtiriladi.Bu haqda O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

“Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot narxini muntazam o`rganib, tahlil qilib boramiz. Agarda mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxini, albatta, kamaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi”, – dedi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musaev. 

AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to`liq va aniq ma`lumotlarni UNGPetroBot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

 

 

Шарҳлар

15 may: Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

13.05.2020, 17:40

“O`zbekneftgaz" AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`ida Ai-92 markali benzin va Evropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg`isi sotuvini yo`lga qo`yganligi haqida avval...