Sevimli

Koronavirus xavfini oshiruvchi 7 belgi

Salomatlik 03.11.2020, 09:10
Теглар: koronavirus
Koronavirus xavfini oshiruvchi 7 belgi

Organizmda magniy etishmovchiligi koronavirus kasalligi xavfini oshirishi mumkin. Italiya va Fransiya mutaxassislarining ta`kidlashicha, magniy tanqisligi tufayli COVID-19 qon ivishini kuchaytiradi, infarkt va insult xavfini oshiradi, shuningdek, qon tomirlarining ichki devorlariga zarar etkazadi.

Magniy va koronavirusni nima bog`laydi?

Tadqiqot natijasiga ko`ra, koronavirus va magniy etishmovchiligi birdek tana hujayralariga ta`sir o`tkazadi. Shuningdek, magniy modda almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Magniy tanqisligi tufayli kalsiy miqdori oshib, natijada muvozanat buziladi. Bundan esa miya hujayralari, asab tolalari, jigar va qon tomirlar zarar ko`radi.

Koronavirus kasalligidan tuzalgan bemor hujayralarida ham kalsiy miqdori oshib, bu jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Garchi yuqumli kasallikka chalinmagan holatda ham inson tanasidagi magniy miqdori qay darajada ekanligini tekshirib turishi kerak. Quyida esa magniy etishmasligidan darak beruvchi alomatlar haqida bilib olish mumkin.

Shirinlikka moyillik

Og`ir mashg`ulot yoki hayz ko`rishdan avval shokolad iste`mol qilish istagi paydo bo`lsa, bundan hollarda magniy miqdori keskin pasayadi. Ammo doimo shirinlik iste`mol qilishni yaxshi ko`rish esa tanada magniy ozligidan darak beruvchi alomatdir.

Mushaklardagi og`riq

Mushaklardagi og`riq magniy etishmovchiligida eng ko`p uchraydigan alomatdir. Tomir tortishishi, og`riq qanchalar tez takrorlansa, modda etishmovchiligi ham shuncha jiddiy bo`lishi mumkin.

Uyqusizlik

Magniyning asosiy vazifalaridan biri − miya dam olishiga yordam beradi. Agar ushbu element etarli bo`lmasa, inson zo`riqadi, stressni engolmay, uyqusizlikka uchraydi. Shuningdek, ko`pincha bunday vaziyatda oyoq notinchligi sindromi yuzaga keladi, bu ayniqsa, uyquga ketish arafasida kuzatiladi.

Jig`ildon qaynashi

Magniy ovqat hazm qilishga ham yordam beradi. Agar u organizmda etarlicha bo`lmasa, hazm qilinishi kerak bo`lgan ovqat qizilo`ngachga qaytadi va jig`ildon qaynashi kuzatiladi. Jig`ildon qaynashidan aziyat chekadiganlar dastlab magniy miqdorini tekshiruvdan o`tkazishi kerak.

Loqaydlik yoki tajanglik

Magniy asab tizimining me`yorida ishlashi uchun juda muhimdir. Ammo etarli bo`lmasa, stress, asabiylashish yoki aksincha befarqlik holati paydo bo`ladi.

Qabziyat

Moddaning yana bir vazifasi ovqat hazm qilish traktiga ham tegishli. Albatta, qabziyat uchun juda ko`p sabablar bo`lishi mumkin. Ammo yuqoridagi belgilar ham birgalikda kuzatilsa demak, organizm magniyga muhtoj.

Migren

Magniy tanqisligi tufayli qon tomirlari juda tez kengayadi yoki torayadi. Bu esa bosh og`rig`iga sabab bo`ladi. Aslida migren shifokor tomonidan doimiy kuzatuvni talab etadigan xavfli kasallik, ammo og`riq yaqinda paydo bo`lgan bo`lsa, magniy miqdorini tekshirtirish zarur.

 
  

Шарҳлар

Buyuk Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

22.01.2022, 19:23

Buyuk Britaniyada 27-yanvardan boshlab yopiq joylarda va transportda niqob taqish majburiy bo`lmaydi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. Qayd etilishicha,  ommaviy tadbirlar va tungi klublarda qatnashish uchun...
Italiyada vaksina olmagan shifokorlar ishdan chetlashtirilmoqda

22.01.2022, 09:50

Italiyada qariyb 2000ga yaqin shifokorlar koronavirusga qarshi emlanmagani uchun ishdan chetlashtirildi. Bu haqda EFE Tibbiyot boshqarish milliy federasiyasi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 1972 nafar shifokor ishdan...
Yaponiyada koronavirusga qarshi karantin cheklovlari o`rnatilmoqda

22.01.2022, 09:25

Yaponiyada koronavirusning yangi "omikron" shtammi tarqalishi va kasallik soni ortishi oqibatida Tokioda karantin cheklovlari o`rnatilmoqda. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.Qayd etilishicha, shahardagi restoran va barlar...
Fransiyada karantin cheklovlari bekor qilinadi

22.01.2022, 00:15

Fransiya hukumati qaroriga ko`ra, 2 fevraldan boshlab ko`chalarda majburiy niqoblar talabini bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yan Kasteks ma`lum qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarni haftasiga...