my5
Sevimli

Buyuk Britaniya COVID-19’ni bir necha soniya ichida aniqlaydigan test ishlab chiqdi

Dunyo 03.11.2020, 10:51
Теглар: Buyuk Britaniya, COVID-19
Buyuk Britaniya COVID-19’ni bir necha soniya ichida aniqlaydigan test ishlab chiqdi

Britaniyaning Imspex Diagnostics kompaniyasi mijozda nafas olish yo`llari orqali koronavirusni bir necha soniya ichida aniqlay oladigan test ishlab chiqdi. Bu haqda 2 oktyabr kuni BBC-Ukrainaga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ushbu usul Edinburg va Dortmund klinikalarida 100 nafar bemorda sinovdan o`tkazilgan va muvaffaqiyatli natija ko`rsatgan. Yaratilgan qurilma nafas namunalarini tahlil qilib, undagi nafas olish kasalliklari turini aniqlashga imkon beruvchi beqaror kimyoviy elementlarni qidiradi.

Test ushbu elementlardan COVID-19’ni aniqlay olgan. Keyinchalik, COVID-19 borligi boshqa test usullari bilan tasdiqlangan. Shu bilan birga, testlar koronavirusni boshqa kasalliklardan — astma yoki bakterial pnevmoniyadan ajrata olgan.

Imspex Diagnostics rahbari Santi Domingesning bildirishicha, agar etarli mablag` ajratiladigan bo`lsa, qurilma olti oy ichida ommaviy foydalanishga tayyor bo`ladi.

 

Шарҳлар

JSST vakili: pandemiyaning ikkinchi yili yanada qiyinroq bo`lishi mumkin

14.01.2021, 11:58

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayyan internet orqali jonli efirda koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda qiyinroq bo`lishi mumkin degan...
41 yoshli ayol кoronavirusga qarshi emlangandan so`ng to`satdan vafot etdi

05.01.2021, 22:26

Joriy yilning 1 yanvar kuni portugaliyalik sog`liqni saqlash xodimi Sonia Acevedo COVID-19 ga qarshi emlangandan 48 soat o`tib to`satdan vafot etdi. Bu haqda Dailymail ga...
Covid-19ni engishga yordam beruvchi vitaminlar nomi ma`lum qilindi

26.11.2020, 07:30

Mazkur vitamin va mikroelementlar koronavirusni engishda o`rni bor ekani tasdiqlangan. Ya`ni vitamin D3, sink etishmovchiligi kuzatilganlarda kasallik zudlik bilan rivojlanishi va og`ir darajada o`tishini keltirib...
Buyuk Britaniyaning Collins lug`ati tomonidan yil so`zi e`lon qilindi

10.11.2020, 22:01

Britaniyaning Collins lug`ati tomonidan «Lockdown» so`zi 2020 yilda yil so`zi deb topildi. Bu haqda «Guardian» xabar berdi.Xabarga ko`ra, «lokdaun» so`zi lug`atda «sayohat, ijtimoiy aloqalar va...